Kafedradagi amaliy mashg’ulotlar va o’quv jarayoni amaliy ko’nikmalar, o’quv materiallari va ko’rgazmali qurollar bilan boyitilgan. Kafedradagi talabalar amaliy mashg’ulotlarni Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bazasida o’tishadi.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar
Ø Yuqumli kasalliklar;
Ø Bolalar yuqumli kasalliklari;
Ø Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi;
Kafedrada quyidagi yo’nalishlarning talabalari dars o’tishadi
5510100-Davolash ishi;
5510200-Pediatriya ishi;
5111000-Kasbiy ta’lim;
5510400-Stomatologiya;
5510700-Oliy hamshiralik ishi;
5510900-Tibbiy biologiya ishi;
5510300-Tibbiy profilaktika ishi.
Kafedrada «Yuqumli kasalliklar magistratura mutaxasisligi, «Yuqumli kasalliklar» va «Bolalar yuqumli kasalliklar» ordinatura yo’nalishlari bo’yicha talabalar tahsil oladi. Ularga biriktirilgan professor- o’qituvchilarimiz dars o’tishadi. Magistratura rezidiyentlari va ordinatorlar o’qishdan tashqari, darsdan keyin yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida navbatchilikda turishadi.
Magistratura rezidiyentlari, ordinatorlar va bakalavriat talabalari Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasi bazasida joylashgan laboratoriyada turli xil laborator tekshirish usullarni o’rganishadi.
Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartiga koʻra “Pedagogika” va “Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohalarida oʻqitiladigan yuqumli kasalliklar va epidemiologiya fani inson faoliyatini oʻrganishga taaluqli boʻlgan yangi ilmiy bilimlar, uslub va usullar orqali aholi sogʻligʻini saqlash, boshqa somatik kasalliklardan farqli oʻlaroq, mikroblar taʼsiri natijasida kelib chiqqan kasallik bemordan atrofdagi sogʻlom odamlarga ham tarqalishi mumkin boʻlgan yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, yuqumli kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi, tashhisoti, davosi, profilaktikasi va reabilitatsiyasini keng qamrovda oʻrgatadi hamda boʻlgʻusi umumiy amaliyot vrachlarida klinik fikrlash, kasallik va uning belgilarini asoslash uchun zamin yaratib beradi.
Fanning maqsad va vazifalari
Yuqumli kasalliklar boʻyicha asosiy nazariy bilimlarni oʻzlashtirish.
Yuqumli kasalliklar boʻyicha asosiy amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish.
Talabalarini yuqumli kasalliklar fanidan oʻqitish uchun qoʻllanailadigan asosiy printsiplarni oʻzlashtirish.
Fan boʻyicha talabalarning malakasiga qoʻyiladigan talablar
Eng koʻp tarkalgan yuqumli kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi, patologik anatomiyasi, klinikasi va laborator diagnostika prinsiplari.
Yuqumli kasalliklarni davolash va profilaktika asoslari (umumiy, shaxsiy, maxsus).
Bemor shikoyatlari, epidemiologik va klinik anamnez yigish.
Aʼzo va tizimlar boʻyicha bemorni klinik tekshirish.
Dastlabki tashhis shakllanishi uchun tayanch simptomlarini ajratgan holda asosiy anamnez maʼlumotlarni aniqlash va bemorlarni klinik tekshirish.
Bemorni laborator tekshirish natijalarini tahlil qilish.
Klinik tashhisni shakllantirish.
Davolash taktikasini belgilash.