Ayollar biznesiga birinchi qadam
26.04.2024 2024-04-26 12:25Ayollar biznesiga birinchi qadam
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 222-son qarorining 2-ilovasi “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovini oʻtkazishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan ushbu tanlovda ishtirok etish istagi bo’lgan institutimizning olima, izlanuvchi ayollari o’z loyihalarini joriy yilning 5-may kuni Tijoratlashtirish bo’limi boshlig’i Sh. Sherovga (93 686 49 48) taqdim etish so’raladi.
Tanlovning baholash mezonlari asosida saralab olingan gʻolib ishtirokchilar institut maʼmuriyatining maxsus diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.