BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

Institutda yot g’oyalarga qarshi kurashish mavzuida targ’ibot tadbiri o’tkazildi

photo_2024-04-26_11-31-48

Institutda yot g’oyalarga qarshi kurashish mavzuida targ’ibot tadbiri o’tkazildi

Buxoro davlat tibbiyot instituti talaba-yoshlari o‘rtasida “Separatizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan yoshlar va xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish” loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalalari, umumta’lim maktablari va mahallalarda o‘tkaziladigan “Yoshlar – yot g‘oyalarga qarshi” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Karomiddin Jamahmatov va Sadulla Boboxodjayev. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Buxoro viloyat bosh mutaxassisi Y. Salomov. va institut rektori Sh.J.Teshayev, ishtirok etishdi.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi Karomiddin Jamahmatov so‘zga chiqib, Bugungi globallashuv zamonida separatizm, millatchilik, radikalizm kabi milliy va diniy qadriyatlarimizga zid tahdidlar tobora kuchayib borib, hayot farovonligi va jamiyat xavfsizligiga tahdid solmoqda. Bu kabi kuchlar barcha davlatlarda turli ko‘rinishlarda o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Bu holat kundan kun odamlar hayotiga xavf solib, mamlakatlar o‘rtasida nizo va turli xil kelishmovchiliklarni keltirib chiqarganini aytib o‘tdi.

Ma’ruza davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab olingan “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” deb nomlanuvchi 5-bandining 70-maqsadida “Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish” masalasi belgilab qo‘yilganini, ayniqsa, bugungi kunda virtual olam orqali terrorizm va ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalarini yoyish, davrning xatarli tahdidlari sifatida namoyon bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.