BuxDTI rektori Shofirkonlik sog‘ligida muammosi bor yoshlar xonadoniga vrachlar bilan bordi
25.06.2023 2023-06-26 9:56BuxDTI rektori Shofirkonlik sog‘ligida muammosi bor yoshlar xonadoniga vrachlar bilan bordi
BuxDTI rektori Shofirkonlik sog‘ligida muammosi bor yoshlar xonadoniga vrachlar bilan bordi
Avval ham bir necha bor xabar berilganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar masalalarini o‘rganishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida barcha bo‘g‘indagi rahbarlarga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha qator topshiriqlar berilgan edi.
Mazkur topshiriqni joylardagi barcha rahbarlar ijrosi ustida ish olib borishmoqda. Ya’ni, ularga biriktirilgan muammoli yoshlarning masalalari o‘rganilib, ularga aniq yechimlar topilmoqda.
Shu kunlarda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshayev Shofirkon tumanida yashovchi nogironligi bo‘lgan yoshlar xonadonida bo‘ldi. Teshayev bu gal o‘zi bilan institutning malakali professor vrachlarini ham ishchi guruhga jalb qilib, jismoniy sog‘lig‘ida muammosi bor yoshlarning salomatligini tiklash borasidagi tavsiya va yechimlarni izladi. Bir nechtashlarni davolanishi uchun markaziy tibbiyot muassasalarida davolanish uchun tegishli bepul yo‘llanmalar tashkillashtirildi.
Bundan tashqari, rektor Shuxrat Teshayev o‘ziga biritirilgan yoshlar bilan bog‘liq masalalarnib ularni qiynayotgan muammolar hamda salomatligini tiklash borasidagi murojaatlariga yechimlar topishga qaratilgan amaliy ishlarni olib bormoqda.
Nafaqat mazkur yoshlarning oila a’zolari bilan bog‘liq muammolar, ishga joylashtirish, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalarni mahalla faollari va rasmiylar bilan hal qilish choralarini ko‘rmoqda.