Devonxona oliy o’quv yurtining mustaqil tarkibiy bo’linmasidir va idorani boshqarish bo’yicha asosiy bo’limi hisoblanadi.
Devonxona o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining qonunlarini, O’zbekiston Respublikasining Prezidentining Farmon Qaror Farmoishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi buyruqlari va boshqa tashkilotlardan ketlgan hujjatlar ijrosini olib borishga mas’ul bo‘lim.
2023 yildan boshlab yagona idoralararo ijro intizomi EDO.IJRO.UZ tizimida electron barcha toifadagi hujjatlar aylanishi yo‘lga qo‘yilgan.
Devonxonani unstitut rektori buyrug’i bilan tayinlangan mudir boshqaradi va bevosita rektorga bo’ysunadi.
DEVONXONANING ASOSIY VAZIFALARI:
• Ish yuritish ishlarini tashkil etish va boshqarish;
• idoraga kelib tushgan barcha turdagi hujjatlar (qarorlar, buyruqlar, xatlar va boshqa hujjatlar) o’z vaqtida qabul qilish, tekshirish va ro’yxatdan o’tkazish, rahbariyatni ko’rib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritish, barcha kelgan yozishmalarni o’z vaqtida EDO.IJRO.UZ elektron nazorat dasturiga kiritish.
DEVONXONADA 3 TA SHTAT BIRLIGI MAVJUD:
- mudir;
- ish yurituvchi
- kur’er