Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti

Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti

Yuldasheva Rano Urinbaeva

Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti dekani

Fakultet haqida ma’lumot

Tibbiyot xodimlar malakasini oshirish kurslari Buxoro davlat tibbiyot instituti Diplomdan keying ta’lim fakulteti Oilaviy shifokorlar qayta tayyorlash va malakasini oshirish kafedrasi tomonidan amalga oshiriladi.

Fakultetning asosiy faoliyati Buxoro, Navoiy viloyati va Qoraqalpog’istonRespublikasida davlat va xususiy sektorida ishlovchi shifokorlarni umumiy va mavzuli malaka oshirish kurslarida (144, 72, 36, 18 soatli) o’qitishni tashkil qilish vao’tqazishdan iborat.

Amaliy mashg’ulotlar va ma’ruzalar kafedrada faoliyat yurituvchi professor – o’qituvchilar tomonidan, uzoq va yaqin horijiy davlatlardan tashrif buyurganmutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Amaliy mashg’ulotlar kurslari Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi va institut bilanshartnomasi mavjud bo’lgan klinika va poliklinikalarda, xususiy klinikalarda olibboriladi.

Kursantlar Buxoro davlat tibbiyot institutida bo’lib o’tadigan xalqaro ilmiy-amaliyanjumanlar va seminarlarda ishtirok etishga taklif qilinadi.

Fakultet tarixi

Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshida tashkiletilgan. Abu Ali ibn Sino O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi vaBuxDTI o’rtasida 2015 yil 15 maydagi 1-sonli shartnoma, BuxDTI ning 03.07.2015 yildagi 224/4-sonli buyrug’i asosida uning asosiy vazifasi shifokorlarni qayta tayyorlashva malakasini oshirish ishlarini davom ettirish edi. Bugungi kunda uzluksiz tibbiy ta’limmodeli talablarini inobatga olgan holda, bugungi kunda turli muddatlarda ta’limdasturlari davomida amalga oshirilayotgan amaliyot shifokorlarining qo’shimcha kasbiyta’limi muhim yo’nalish hisoblanadi.

Vrachlar malakasini oshirish fakultetining maqsadi, vazifalari va faoliyat yo’nalishitibbiyot texnologiyalarini jadal rivojlantirish sharoitida raqobatbardosh bo’lgan, olinganbilimlar natijasida klinik-epidemiologik ko’rsatkichlarga faol ta’sir ko’rsatadigan, zamonaviy texnologiyalarni kundalik amaliy faoliyatga tatbiq etadigan tibbiyotkadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlashdan iborat.            

Fakultet kafedralarida vrachlar malakasini oshirish, birlamchi ixtisoslashuvdavrlarida o’qitiladi. Trening yakunida sertifikat imtihonini topshirish va mutaxassissertifikatini olish imkoniyati beriladi.

VMOF o’quv-ishlab chiqarish rejasiga muvofiq ishlaydi, u ilmiy Kengashyig’ilishida hududiy sog’liqni saqlash organi bilan kelishilganidan keyin tasdiqlanadi vakeyinchalik O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligida tasdiqlanadi.

Fakultet tarkibida 1 ta kafedra va 3 ta kurs mavjud: 

Oilaviy shifokorlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kafedrasi

– “Tez tibbiy yordam va reanimatsiyakursi

– “Akusherlik-ginekologiyakursi

– “Stomatologiyakursi