Klinik ko’nikmalarni simulyatorlarda o’rgatish kafedrasi
27.09.2021 2024-10-31 12:16Klinik ko’nikmalarni simulyatorlarda o’rgatish kafedrasi
Bo'lim xodimlari
Uslubchi
assistent
assistent
Uslubchi
assistent
assistent
assistent
assistent
assistent
“KLINIK KO`NIKMALARNI SIMULYATORLARDA O`QITISH” KAFEDRASI
NIZOMI
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil 9-son 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil 11-12-son 295 modda) qonunlariga «Oliy ta’lim to’grisida»gi Nizomga va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 201l-yil 3 dekabr 487-sonli buyrug’ida ko’rsatilgan «Oliy ta’lim muassasasining kafedralari to’g’risidagi namunaviy Nizom» asosida tuzilgan va kafedraning 2022 yil 27-avgustdagi 1-sonli yig‘ilishida muhokama qilinib tasdiqqa tavsiya qilindi.
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘RQ-637-son 23.09.2020) qonunga hamda “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi (2017 yil 28 avgust, 6-2017-son, Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 13 oktyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1222-3) buyrug‘iga muvofiq oliy ta’lim muassasasi kafedrasi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Bu nizom «Klinik ko`nikmalarni simulyatorlarda o`qitish» kafedrasi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Kafedra haqida tarixiy ma'lumotlar:
1990 yilda O`zbekiston Respublikasi buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino Vatani- Buxoro shahrida tibbiyot instituti tashkil etish to`g`risidagi qarori e`lon qilindi. A.I.Mo`minovga institutni faoliyat ko`rsatishiga rahbarlik qilishdek mas`uliyatli vazifa topshirildi va u shu institut rektori etib tayinlandi. O`tgan qisqa vaqt ichida A.I.Mo`minov rahbarligi ostida Buxoro Davlat Tibbiyot instituti Respublikamizdagi ko`zga ko`ringan oliy o`quv yurtlari qatoridan o`rin oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3171-sonli qarorining “Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti negizida simulyatsion o‘quv-klinik markazi tashkil etish” bandi ijrosi yuzasidan institutda 2022 yil 5-sentyabr kuni simulyatsion o‘quv-klinik markazi yangi binoda faoliyat boshladi.
2023 yil 22 dekabrda universitetning 6 sonli kengashiga klinik ko‘nikmalarni simulyatorlarda o‘qitish kafedrasi tashkil etish masalasi muxokama qilindi va terapevt, reanimatolog, xirurg, pediatr, LOR, oftalmolog, ginekolog kabi mutaxassislarni o‘z ichiga olgan 8 hissaga ish o‘rniga ega kafedra tashkil qilish tasdiqlandi. Universitet rektorining 2023 yil 28 dekabr 1-A/657 sonli universitetda «Klinik ko‘nikmalarni simulyatorlarda o‘qitish» kafedrasini tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘i asosida kafedra tashkil qilindi. 2024 yil fevral oyidan kafedra faoliyatini boshladi.
- Umumiy qoidalar
- “Klinik ko`nikmalarni simulyatorlarda o`qitish” kafedrasi Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Kafedrada xirurgiya, ginekologiya, pediatriya, oftalmologiya, pediatriya, LOR fan yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi, shuningdek o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy – uslubiy, ilmiy tadqiqod ishlari, ilmiy va ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
- “Klinik ko`nikmalarni simulyatorlarda o`qitish” kafedrasi tarkibiga pedagogik xodimlar toifasiga kafedra mudiri, katta o‘qituvchi va o‘qituvchi (assistent) kiradi.
3.Kafedraning professor – o‘qituvchilari “Ta’lim muassasalariga pedagogik xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Vazirlar Maxkamasining 2006 yil 10 fevral 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ishga qabul qilingan va faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
- Kafedra o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy jarayonni ta’minlashga yordam beruvchi o‘quv, laboratoriya xonalariga va ma’naviyat-ma’rifat xonasiga ega.
- Kafedra klinik fanlardan mashg‘ulotlar olib boruvchi kafedralar turkumiga kiradi.
Kafedrani tashkil etish va boshqarish
- Kafedra tarkibi 1 ta PhD va 8 ta assistentdan iborat :
- Soliyev Alisher O’roqovich – PhD,kafedra mudiri
- Narzullayev Nuriddin Umarovich- , kafedra assistenti
- Barotov Shuxrat Karimovich – kafedra assistenti
- Ismailova Ferangiz Shavkatovna – kafedra assistenti
- Qurbonov Doston Qahramonovich – kafedra assistenti
- Qadirbayeva Madina Telmanovna – kafedra assistenti
- Xasanova – kafedra assistenti
- G’afforov Abduxalil – uslubchi
- No’monov Muhammad – uslubchi
- Ubaydullayev Botir Baxshullo o`g`li
2.Kafedraning ilmiy salohiyati 18 % ni tashkil qiladi.
- Kafedra xalqaro fakultet dekaniga bo‘ysunadi.
- Klinik ko`nikmalarni simulyatorlarda o`qitish kafedrasi institut rektori buyrug‘iga asosan 2024 yilda alohida kafedra bo`lib tashkil etildi va uning shtat birliklari insititut moliya –reja bo’limi tomonidan xisoblanib chikilgan va o‘quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlangan.
- 5. Kafedra mudiri etib PhD O`.Soliyev tayinlangan.
6.Kafedra mudiri va boshqa professor o‘qituvchilar shaxsiy ish rejasi o`quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlangan.
Markaz haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3171-sonli qarorining “Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti negizida simulyatsiya o‘quv-klinik markazi tashkil etish” bandi ijrosi yuzasidan institutda 2022 yil 5-sentyabr kuni simulyasion o‘quv-klinik markazi yangi binoda faoliyat boshladi
BDTI simulyatsiya o`quv-klinik markazi binosi
Markazda quyidagi fanlar bo‘yicha o‘quv xonalari mavjud: Anesteziologiya-reanimatsiya; Jarrohlik; Otorinolaringologiya; Akusherlik va ginekologiya; Pediatriya va neonatologiya; Terapiya va ichki kasalliklar propedevtikasi; Oftalmologiya; Stomatologiya. Bu xonalarning barchasi tegishli simulyatsiya uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, bu talabalar tomonidan amaliy ko‘nikmalarni mustahkam o‘zlashtirishga yordam beradi.
2022-yil may oyida simulyatsiya o‘quv-klinik markazi zamonaviy simulyatorlar bilan jihozlandi. Akusherlik-ginekologiya, pediatriya-neonatologiya, terapiya, jarrohlik, anesteziologiya-reanimatsiya kabinetlari boyitildi. Markaz to’liq jihozlangan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlangan.
Markazda 7 ta o`quv xonasi, 1 ta ma`ruza xonasi, 1 ta ilmiy ishlar himoyasi xonasi, 2 ta talabalar uchun laboratoria xonasi, 15 ta amaliy ko`nikmalarni o`rganish uchun mulyajlar bilan ta`minlangan xonalar mavjud.
Simulyatsiya o`quv-klinik markazida bir vaqtning o`zida 400 talaba amaliy va nazariy mashg`ulotlar bilan shugullanishi mumkin. Bundan tashqari 50 ta talabaning nazariy bilimlarini baholash mumkin, hamda talabalar klinik laboratoriyada tahlillar o`tkazish uchun bevosita ishtirok etishlari mumkin.
Institutning ushbu yangi “Simulyatsiya o‘quv-klinik markazi” quyidagi xonalardan tashkil topgan:
Kafedra zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi.
-barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak zaruriy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish; talabalarning malakaviy amaliyotida, shuningdek mustaqil ishlariga rahbarlik qilish: talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish; talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
-rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash :
– kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash:
– darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan dastur, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar bo‘yicha zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish:
– iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, tadbirlarning mustaqil tayyorlash shakl va uslublarini takomilashtirish: auditoriya ishlarini optimizatsiyalashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish hajmini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish:
– tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy –tadqiqot ishlarini olib borish , tugallangan ilmiy –tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish: ta’lim , fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash: talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
– kafedra xodimlarining shaxsiy rejalaridagi o‘quv, o‘quv- uslubiy va tarbiyaviy ishlarini ko‘rib chiqish; tajribali o‘qituvchilarni ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish: pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mohirlikni egallashda yordam berish;
axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish ;
-masofali ta’lim tizimini rivojlantirish ; xorijiy o‘quv yurtlarining ish tajribasini yoritib borish:
– oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada aspiranturani o‘qitganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;
– kafedra profili bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish,ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini keng rivojlantirish;
Kafedra miqiyosidagi o‘qitilayotgan fanlarning maqsad va vazifalari.
Klinik ko`nikmalarni simulyatorlarda o`qitish fanning maqsadi va vazifalari
Maqsad- бўлажак умумий амалиёт шифокори малакавий таснифига асосланиб, талабаларга аввалги босқичларда олган билимларига таянган ҳолда, terapiya, ginekologiya, pediatriya, reanimatsiya, xirurgiya, oftalmologiya, LOR va boshqa mutaxassisliklarga tegishli amaliy ko`nikmalarni bajarishda talabalar kompetentlik darajasini oshirish.
Vazifalar– – amaliy ko`nikmalarni nazariy asosini o`rganish
- – amaliy ko`nikmalarni barcha bajarish ketma-ketligini o`rganish
- – amaliy ko`nikmalarni bajarishda 4-daraja kompetentlikka erishish uchun yerarli miqdorda takrorlash qilish.
- O‘quv rejasida va dasturlarida ko‘zda tugilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash .
- Talabalar bilimini ko‘p bosqichli reyting tizimi va test usuli qonun qoidalariga muvofiq ob’ektiv va odilona baholash .
- Fanga doir mavzularga tegishli o‘quv qo‘llanmalari uslubiy ko‘rgazmali qo‘llanma, kinofilmlar, axboriy jadvallar va namunaviy o‘quv qurollari tayyorlash va ularni tarmoq uslubiy va muammo komissiyalari markaziy uslubiy kengashlarida tahlil etish va tasdiqlash.
- Kafedradagi novator o‘qituvchilarning tajribalarini o‘quv jarayoniga keng yoyish va pedagogik mahoratlarini egallashda yosh o‘qituvchilarga amaliy yordam
- Endokrinologiya va diabetologiya fanlarining so‘nggi yutuqlari to‘g‘risidagi tushuncha va ma’lumotlarini o‘rganish va talabalarga o‘rgatishni, shuningdek , tayyorlangan uslubiy qo‘llanma va zamonaviy texnika vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlash .
- Kafedra rejasi asosida mo‘ljallangan nazariy, amaliy, ilmiy ahamiyatga molik mavzularda ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy makolalar chop etish, doktorlik dissertatsiyalarini himoyaga tayyorlash , ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etish va talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb
- Talabalar orasida o‘zbeklarga xos milliy va umumbashariy yuksak insoniy ong, odob – axloq va qadriyatlar shakllanuvi borasida tarbiyaviy va murabbiylik ishlarini muntazam ravishda olib borish.
KAFEDRA XODIMLARINING VAZIFALARI
1.Kafedra mudirining vazifalari:
– kafedra ishini rejalashtirish;
– ma’ruzalar o‘qish va boshqa o‘quv ishlarini bajarish;
-kafedraning barcha o‘qituvchilari o‘quv mashg‘ulotlarini yuksak g‘oyaviy nazariy va uslubiy darajada olib borishini ta’minlash;
-kafedra ilmiy-tadqiqot ishlarining yagona yo‘nalishida olib borishini ta’minlash, unga rahbarlik qilish va bevosita ishtirok etish;
– o‘quv ishlariga taaluqli vazifalarni xodimlar orasida taqsimlash, o‘quv jarayonining sifatini doimiy nazorat qilib borish va unga rahbarlik qilish, kafedra xodimlari tayyorlaydigan uslubiy ko‘rsatmalarga rahbarlik qilib borish.
-reyting orqali kafedra xodimlarini rag‘batlantirish yoki jazo berish haqida materiallar berish;
– kafedra xodimlarining ilmiy malakasini , pedagogik mahoratini oshirishga rahbarlik qilish.
– Kafedra o‘qituvchilarining ma’ruzalar va mashg‘ulotlarda talabalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarining sifati va samaradorligi oshirish va nazorat qilib borish, kafedraning murrabiylik oqimi va guruhlarida olib boriladigan ishlarining sifatini va samaradorligini nazorat qilib borish;
-kafedra majlislarini olib borish; klinik ordinatorlar va magistrlar-ning hisobotlarini eshitish, o‘quv uslubiy va ilmiy – tadqiqot ishlari hisobotining muhokamasini tashkil qilish.
2.Kafedra o‘quv ishlariga javobgar assistent vazifasi:
– kafedra o‘quv ishlariga oid barcha hujjatlarni yuritish, o‘qituvchilar- ning o‘quv va tashkiliy- amaliy ishlarni hisobga olib borish;
– o‘quv bo‘limiga dars jadvalini tuzish haqida takliflar kiritadi;
-kafedraning barcha o‘qituvchilariga va yordamchi xodimlariga tabel to‘ldiradi;
-o‘quv ishlari bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishini hisobga olib boradi;
– kafedra o‘quv arxivi hujjatlarini, yillik hisobotlarini va ilmiy hisobotlarini saqlanishiga javobgar;
– kafedra o‘quv ko‘rgazma qurollarini holati uchun javobgar;
– o‘quv jarayonining borishiga bevosita ishtirok etadi;
– kafedra jurnalida yozuvlar o‘z vaqtida yozilishini nazorat kiladi;
-o‘quv testlarining sifatini nazorat kiladi;
-talabalarning o‘zlashtirish haqida ma’lumot to‘playdi.
3.Dotsent vazifasi :
– talabalarga ma’ruzalar o‘qish, amaliy mashg‘ulotlar olib borish;
– o‘quv –uslubiy tavsiyalar tuzishda, testlar tuzishda, barcha uslubiy ishlarida va kafedraning moddiy texnik bazasini mustahkamlashda qatnashish;
– o‘z g‘oyaviy –siyosiy darajasini , nazariy bilimlarini oshirish; pedagogik mahoratini va amaliy tajribasini tinimsiz oshira borish;
– ilmiy tadqiqotlar olib borish va ularni amaliyotga tatbiq etishda qatnashish;
– professor bilan birga yoki mustaqil ravishda aspirantlar yoki izlanuvchilarga rahbarlik qilish;
– uslubiy tarbiyaviy, tashkiliy va boshqa masalalar bo‘yicha kafedra mudirining topshiriklarini bajarish.
4.Katta o‘qituvchi vazifasi:
– talabalarga ma’ruzalar o‘qish;
-kafedra mudirining topshirig‘i bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib yurish;
-kafedra mudirining topshirig‘iga binoan uslubiy ishlar o‘tkazish;
-mashg‘ulotlarda va undan tashqari vaqtlarda talabalar bilan g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlar olib borish;
-o‘z nazariy bilimlarini va pedagogik mahoratini tinimsiz oshira borish;
-ilmiy tadqiqotlar olib borish va dissertatsiya mavzusi bo‘yicha talabalar ilmiy ishlariga rahbarlik qilish;
– o‘quv , uslubiy, tarbiyaviy va tashkiliy masalalar bo‘yicha kafedra mudirining topshirigini bajarish.
5.Assistent vazifasi :
-amaliy mashg‘ulotlar , seminarlar o‘tkazish, leksiyalarda qatnashish;
-kafedrada uslubiy ishlar olib borish;
-mashg‘ulotlarda va ulardan tashqari vaqtlarda talabalar bilan g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlar olib borish;
– o‘z nazariy bilimlarini pedagogik mahoratini va amaliy tajribalarini muttasil oshirib borish;
– kafedra ilmiy rejasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish va dissertatsiya tayyorlash, talabalar ilmiy ishlariga rahbarlik qilish;
-sog‘likni saqlash amaliyotida doimiy yordam ko‘rsatish;
-ilmiy va siyosiy bilimlarini tarqatishda ishtirok etish;
-kafedra mudiri ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘quv, uslubiy, tarbiyaviy va tashkiliy ishlar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish.
-ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarga asboblarni (kino, proektor, asboblar, tablitsa bilan ta’minlash;)
– talabalarda ichki tartib qoidalariga, texnika xavfsizligi va yong‘inga qarshi tadbirlarga amal qilishni talab qiladi;
– kafedra majlislarini bayonlarini yozib beradi, kanselyariya bilan shug‘ullanadi.
6.Kabinet mudiring vazifasi (Uslubchi):
-ma’ruza uchun ko‘rgazma qurollari tayyorlash, ilmiy tadqiqot uchun tajriba qurollarini tayyorlash;
-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda o‘qituvchilarga yordam berish, talabalarga zarur asbob- uskuna va uslubiy ko‘rsatmalarni berish, mashg‘ulotlardan keyin asbob – uskunalarni qabul qilib olish, buzilganlarni tuzatish choralarini ko‘rish;
– talabalar ilmiy jamiyati a’zosi bo‘lgan talabalarga tajribalar o‘tkazishda yordamlashish;
– asbob uskunalarning ishlashini, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni, yong‘inga qarshi choralarni ko‘rish ta’minlash;
-kafedra hujjatlarini yuritish, bayonlarni yozish, talabalar ro‘yxatini va boshqa jurnalarni to‘ldirish ;
-dekanatga kerakli muddatlarda talabalar davomati va o‘zlashtirish haqidagi ma’lumotlarni yetkazish;
– yangi tablitsalar tuzadi va eskilarini ta’mirlaydi;
-kafedra mudiri topshiriqlarini bajaradi.
Kafedra faoliyatini tashkil etish
- Kafedra faoliyati o`quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-marifiy va tarbiyaviy xamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy (yillik) rejalarga movofik amalga oshiriladi.
Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o`tkaziladigan majlislarda muxokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.
- Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quydagilardan iborat:
– kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturi bilan qiyosiy taxlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
– kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
– darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv – uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualiflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
– o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
– talabalarning mustaqil ishlari va ilmiy – tadqiqot ishlariga raxbarlik qilish;
– talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
– iqtidorli talabalrni tanlash va ularni tarbiyalash, olipiada va tanlovlarda, shu jumladan “El yurt umidi” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishda tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
– talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
– tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy – tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
– kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy –ma’rifiy va tashkiliy – uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
1-qavat
- Biokimyoviy laboratoriya
- Yuvish xonasi
- Gistologik laboratoriya
- Disseksiya xonasi
- PZR laboratoriya xonasi
- Gistologok o‘quv tahlil xonasi
- Nazariy bilimlarni baholash markazi
2- qavat
- Ekspert xonasi
- Debrifing xonasi
- Laparoskopik ko‘nikmalarni o‘rganish xonasi
- Palata
- Bolalar reanimatsiya o‘quv xonasi
- Operatsiyadan oldin yuvinish xonasi
- O‘quv jarrohlik xonasi
- Shok holatlarida reanimatsiyani o‘rganish xonasi
- Telemeditsina xonasi
- Favqulotta vaziyatlar xonasi
- O‘quv tug‘ruq xonasi
- Pediatriya o’pka yurak reanimatsiya xonasi
- Anatomik ko‘nikmalarni o‘rganish xonasi
- Direktor xonasi
3- qavat
- Stomotologik ko‘nikmalarni o‘rganish xonasi
- Debrifing xonasi
- Jarrohlik ko‘nikmalarni o‘rganish xonasi
- Labarator ko‘nikmalarni o‘rganish xonasi
- Yuz jag‘ xirurgiyasi va otolaringologik ko‘nikmalarni o‘rganish xonasi
- Travmatologiya xonasi
- Muolaja xonasi
- Maʼruza xonasi
- Konferensiya zali
- Xodimlar xonasi
Simulyatsiya markaziga tashrif buyurgan mehmonlar
Vitalis Ritter – KfW, Portfolio menejeri, Nigora Karabayeva – KfW, katta loyiha koordinatori, Korneliya Bekker – GIZ sog‘liqni saqlash bo‘yicha loyiha menejeri; Aliya Jalmagambetova, – GIZ loyiha koordinatori.
Talabalar maruza jarayonida
O’pka yurak reanimatsiyasi amaliyoti
Laboratoriya mashg’ulotlari
Anatomiya fanining amaliy mashg’ulotlari
Laboratoriya faoliyati
Gistologik o‘quv tahlil xonasida talabalarning amaliy ko‘nikmalarni bajarishi
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash markazi
Simulyatsiya markazi gistologik laboratoriya xonasi
Shok reanimatsiyani o‘rgatish xonasi
Simulyatsiya markazi o‘quv jarroxlik xonasi
Talabalarning o‘quv jarroxlik xonasida amaliy ko‘nikmalarni bajarishi
Pediatriyada O‘.Y.R. o`tkazish xonasi
Pediatriya O‘.Y.R xonasi
Urologik va proktologik ko‘nikmalarni o‘rganish xonasi
Akusher-ginekologiya xonasida talabalarning amaliy ko‘nikmalarni o`rganish jarayoni
Ilmiy ishlar himoyasi xonasi
Laboratoriya mashg’ulotlari xonasi
Stomotologik ko’nikmalarni o’rganish xonasi
Muolaja xonasi
Tug’ruq jarayonini o’rganish xonasi
Qon bosimini o’lchash, o’pka yurak reanimatsiyasini o’tkazish, yurak va o’pka auskultatsiya qilish, pulsni aniqlash, qorachiqni yorug’likka reaksiyasini tekshirish simulyatori