Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim

Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim

Boʻronova Gulnoza Raxmiddinovna

Bo'lim boshlig'i

Bo'lim xodimlari

Abdullayeva Zamira Vahobovna
Bosh mutaxassis

Buxoro davlat tibbiyot instituti Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim faoliyati

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 2023 yilga qadar 400 nafar talabalarga mo‘ljallangan 1 ta TTJ mavjud bo‘lgan. 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab institut yangi kampusida 3 ta 1200 nafar talabalarga mo‘ljallangan yangi TTJlar foydalanishga topshirildi. Mavjud eski TTJ kapital ta’mirlandi va 2 yarusli krovatlar bilan ta’minlanib sig‘imi 400 o‘rindan 540 o‘ringa oshirildi. Natijada bugungi kunda institutda talabalarni turar joy bilan ta’minlash 4,35 barobarga oshib 2 ta lokatsiyada TTJlarda jami 1740 o‘rinni tashkil etmoqda.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida yangi 2024-2025-o‘quv yilida  talabalar soni 7749 nafarni tashkil etmoqda. 2024-2025-o‘quv yilida talabalarni turar joy va ijara xonadonlari bilan ta’minlash bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshirildi.

Talabalar turar joylaridagi yashash xonalari, koridorlar joriy ta’mirlanib va talab darajasida jihozlandi. Eski jihozlar krovat, shkaf, stol, stul va boshqa jihozlari yangilariga almashtirildi.

Barcha yashash xonalari va TTJ binolari dezinfeksiya qilindi, kir yuvish, quritish, yuvinish hamda ovqat tayyorlash xonalari, hojatxona, kutubxona, o‘qish xonasi, “Besh muhim tashabbus” xonalari shay holatga keltirildi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorining 2024 yil 5-avgustdagi 583-sonli “Talabalarga tezkor ko‘mak kunlarini samarali tashkil qilish” to‘g‘risidagi buyrug‘i asosida tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Talabalar turar joyiga ehtiyoji bor va yangi topilgan ijara xonadonlari ro‘yxatlari ijara xonadoniga ehtiyoji mavjud talabalarga taqdim etish uchun https://t.me/bsmi7 ushbu kanalda berib boriladi. Shuningdek talabalarning ariza va murojaatlari onlayn qabul qilinib, institutning rasmiy telegram kanalida () hamda “Talabalarni turar joy bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi markaz” 3 ta lokatsiyada infokiosklar tashkil qilindi. Ushbu info-kiosklarda reja-jadval asosida volonterlik xizmatlarpi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, markazga tashrif buyurgn talabalar va ularning ota-onalariga talabalarni TTJ bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam berib kelinmoqda.

Bundan tashqari  1-talabalar turar joyida 550 hajmli va 2- talabalar turar joyida esa 1200 o‘rinli kvota taqsimlangan, shundan 550 kishilik turar joyga 10% lik imtiyozli o‘rinlar (kam ta’minlangan va daftarlarga kirgan talabalar) ajratilgan, ya’ni, 110 nafar talabalar qamrab olingan. 1200 hajmlik talabalar turar joyiga esa 20% imtiyozli o‘rinlar ajratilgan bo‘lib, 240 nafar qamrab olinadi. Talabalarga kursi va imtiyozini inobatga olib reglamentga qat’iy rioya qilgan holda o‘rinlar soni tasdiqlangan. Bundan tashqari  1947 nafar ijarada yashash istagini bildirgan  talabalar institutga yaqin hududlarda qo‘shimcha ravishda yangi ijara xonadonlarning manzilli ro‘yxatlari shakllantirildi.