BuxDTI matbuot xizmati

OTMlarning ilmiy va innovatsion faoliyati baholandi

photo_2022-12-07_10-44-54

OTMlarning ilmiy va innovatsion faoliyati baholandi

OTMlarning ilmiy va innovatsion faoliyati baholandi: BuxDTI kuchli 10 talikdan o‘rin oldi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan jami 91 ta Oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlarining faoliyati o‘rganildi.

Natijalar test va suhbat ballari yig‘indisining o‘rtacha qiymati hisobidan shakllantirildi. Test va suhbat jarayonlariga jalb qilingan 91 nafar rahbar o‘rinbosarlaridan 14 nafari 56 balldan past, 59 nafari 71 balldan past hamda 18 nafari 71 ball va undan yuqori to‘pladi.

Buxorodagi oliygohlarning prorektorlari quyidagi o‘rinlarni egalladi:

4-o‘rinda: Buxoro davlat tibbiyot instituti(suratda Salim Davlatov)

18-o‘rinda: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

48-o‘rinda: Buxoro davlat universiteti

55-o‘rinda: Buxoro davlat pedagogika instituti

57-o‘rinda: Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti