




Derazamga uriladi qor,
Jaranglaydi jarangsiz kumush.
Derazamga uriladi qor,
Qor singari oppoq bo‘ldi tush.
Bir ajoyib qor yog‘ar bu kech,
Uchib tushar mening yonimga.
Men-ku seni o‘ylamasman hech,
Sen tushasan ammo yodimga…
Rauf Parfi
1963
© 2025 BSMI. Barcha huquqlar himoyalangan