O‘zbekiston va Rossiyani salomatlik konferensiyasi
24.05.2024 2024-05-25 10:23O‘zbekiston va Rossiyani salomatlik konferensiyasi
Shu kunlarda, aniqrog‘i 24-25 may kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekiston — Rossiya: salomatlik yo‘lida hamkorlik” ilmiy-amaliy konferensiyasi eo‘tkazilmoqda.
Anjuman tajriba almashish, tibbiyot sohasidagi dolzarb muammolarning yechimini hamkorlikda izlash hamda yangi g‘oyalarni ilgari surish uchun o‘ziga xos maydon bo‘lishi kutilmoqda.


Ta’kidlash joizki, mazkur nufuzli anjumanda Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha prorektor Laziz Niyozov ham ishtirok etib, hamkor universitetlar bilan muhim shartnomalar imzolashga erishdi.

Jumladan, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti(RUDN)ning tibbiyot instituti bilan Davolash ishi va Stomatologiya bo‘yicha bakalavriat qo‘shma ta’lim dasturini ochish hamda Privoljskiy tibbiyot universiteti bilan xamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

