Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasiAbu Ali ibn Sino nomli Buxoro tibbiyot instituti rektori, professor A.Sh.Inoyatovning 2019-yil 2-sentyabrdagi buyrug‘iga asosan Buxoro shahar 9-oilaviy poliklinika hududida tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Po’latov Sadriddin Sayfullaevich tayinlangan.
Hozirgi kunda “Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri lavozimida tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent Saidova Muxabbat Muxidinovna ishlab kelmoqda. Saidova Muxabbat Muxidinovna 1973-yil Buxoro shahrida tug’ilgan. Saidova Muxabbat Muxidinovna 1998-yil Buxoro davlat tibbiyot institutini “Davolash ishi” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 2000 yil “Ichki kasalliklar” mutaxassisligi bo`yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2018-2020-yillarda Buxoro davlat tibbiyot institutida tayanch doktoranti. 2020-yilda “Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar patologiyaning rivojlanishi va avj olishini prognozlash” mavzusida tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan (ilmiy rahbar tfd, professor Kamilova U.K., tfd Yusupaliyev B.Q.)
2000-2014-yillarda Buxoro davlat tibbiyot instituti “Xalqaro YUNЕSKO, sharq tabobati va fizioterapiya, davolash jismoniy tarbiyasi va vrach nazorati” kafedrasi assistenti, 2014-2017-yillar Buxoro davlat tibbiyot instituti “Xalq tibbiyoti, kasb kasalliklari, fizioterapiya, jismoniy madaniyat va sport, VN va DJT” kafedrasi assistenti, 2017-2018-yillar Buxoro davlat tibbiyot instituti, “Xalq tabobati, ftiziatriya va jismoniy madaniyat” kafedrasi assistenti, 2017-2020-yillar Buxoro davlat tibbiyot instituti «Ichki kasalliklar» ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranti, 2020-2021-yillar “Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya” kafedrasi katta o’qituvchisi, 2021-yil sentyabr oyidan kafedra dotsenti, 2021-yil dekabr oyidan mazkur kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan.
1. Qazoqov S.R. “Sport o’yinlari va uni o’qitish metodikasi(Badminton)” (o’quv qo’llanma);
2. Po’latov S.S., Saidova M.M., Hamroyeva Yu.S., Mustafayeva Sh.A., Umarov F.X. “Stomatologiyada reabilitatsiya” (o’quv qo’llanma);
3. Shokirov K.F. “Fizicheskoye vospitaniye studentov v meditsinskom VUZe” (o’quv qo’llanma);
4. Hidoyatov Sh.Sh. “Jismoniy tarbiya va sport” (o’quv qo’llanma);
5. Qazoqov S.R. “Sport o’yinlari va uni o’qitish metodikasi(Badminton)” (darslik);
6. Hidoyatov Sh.Sh. “Jismoniy tarbiya va sport” (darslik);
7. Po’latov S.S., Saidova M.M., Hamroyeva Yu.S., Mustafayeva Sh.A., Umarov F.X. “Tibbiy reabilitatsiya” (darslik);
8. Zokirova F.B. “Jismoniy tarbiya va sport (gimnastika)”;
9. Shokirov K.F. , Zokirova F.B. «Effektivnost gimnasticheskix sredstv dlya razvitiya fizicheskix kachestv u studentov» (o’quv qo’llanma).
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dastur :
Raxmatova M.R., Mavlonov Z.I., Mustafayeva Sh.A.- Yosh futbolistlarda jismoniy faoliyat ko’rsatkich xarakteristikasi, hamda ularning o’yin ampluasi bilan aloqadorligi.
Kafedra dotsenti Po’latov Sadriddin Sayfullayevich, 15-21.11.2021y QS 1000 reytingiga kiruvchi M.Avezov nomidagi Qozoqiston davlat universitida akademik mobillik doirasida tajriba almashib keldi.
Kafedra xodimlari tomonidan talabalar bilimini nazorat qilishning yangi shakllarini ishlab chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlar mavzulari bo’yicha o’quv dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlanadi.
Kafedrada neyroreabilitatsiya yo’nalishi bo’yicha magistrlar tayyorlash bo’yicha ta’lim dasturi amalga oshirilmoqda. Sport tibbiyoti va neyroreabilitatsiya mutaxassisliklari bo’yicha klinik ordinatorlar tayyorlanadi.
Kafedrada talabalarning ilmiy ishlari rag’batlantiriladi. Talabalarning ilmiy izlanishlarda ishtirok etishi, talabalar ilmiy to’garagining muntazam yig‘ilishlari o’tkazilib, talabalarning turli konferensiyalarda qatnashib, shuningdek, respublika tanlovlarida qatnashib faxrli o’rinlarnii egallab kelishadi.
Kafedra xodimlari bemorlarni davolash, diagnostika va maslahat ishlarida ham faol ishtirok etib keladi.
© 2023 BSMI. Barcha huquqlar himoyalangan