Xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasi

Xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasi

Qayumov Holmurod Naimovich

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Karimova Feruza Raxmatboyevna
phd , DOtsent
Jumayev Bahodir Zayniddinovich
phd , dotsent
Radjabova Gulchehra Baxadirovna
phd , katta o'qituvchi
Tuksanova Zebiniso Izatulloyevna
Assistent
Hikmatova Madina Furqatovna
Assistent
Radjabova Dilorom Djalilovna
Assistent
Murodova Mehriniso Mubinovna
assistent
Aminova Nafisa Narzullayevna
Assistent
Abdullayeva Aziza San’atovna
assistent
Boboyev Xurshid Shodiqulovich
ASSISTENT​
Karomatov Inomjon Jo'rayevich

Kafedra tarixi

O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. A. Karimovning “Abu Ali ibn Sino Xalqaro Jamg‘armasi tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ibn Sino boy merosini o‘rganish to‘g‘risida”gi qarorini bajarish maqsadida Respublika ibn Sino xalqaro jamg‘armasining tavsiyasiga ko‘ra ulug‘ allomalar yurti –  Buxoroi sharifda o‘zbek milliy xalq tabobatini, ayniqsa Abu Ali ibn Sino ulkan merosini o‘rganish, keng ko‘lamda o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti tarkibida 1999 yil 30 avgustda YUNESKO «An’anaviy tibbiyot» kafedrasi tashkil etildi. 2000 yil 14 sentyabr kuni kafedraning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bunda YUNЕSKO tashkilotining bosh direktori Koichiro Matsuura, YUNЕSKO tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Maykl Barri Leyn, bosh vazir o‘rinbosari X.S. Karamatov, viloyat xokimi S.K. Xusenov, Institut rektori, professor R.M. Axmedov va bir qancha yirik olimlar ishtirok etdilar.

  Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti Xalqaro YUNESKO «Sharq tabobati» fizioterapiya,  jismoniy madaniyat va sport kafedrasi institut rektorining № 62 / 1 paragraf 1 sonli 1.07.99 yil buyrug‘i asosida mavjud “Xalq tabobati” kursi negizida tashkil etilgan bo‘lib, kurs rahbari sifatida dots.nt X. N. Qayumov faoliyat ko‘rsatgan.

  Kafedra o‘z faoliyatini 1999-2000 o‘quv yilidan boshlagan. Kafedraning birinchi mudiri lavozimida tibbiyot fanlari nomzodi, dots.nt N. P. Shonazarov, 2000 yildan boshlab t.f.n. dots.nt Nurboev F.E., 2013 yil noyabr oyidan boshlab t.f.n. Babadjanova Z.X., 2016 yil 24 fevraldan t.f.n. dots.nt Nurboev F.E, 2016 yil 26 avgustdan Abdulxakov I.U., 2017 yil 25 avgustdan t.f.n. dots.nt Nurboev F.E, 2018 yildan hozirgi kungacha t.f.d. dots.nt X. N. Qayumov rahbarlik qilib kelmokda. Kafedra uchun Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazning fizioterapiya, rentgen bo‘limlaridan o‘quv xonalari ajratilgan edi. 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab kafedra yangi baza – “Jo‘yzar” sog‘lomlashtirish maskani xududiga ko‘chirildi. Bu yerda kafedra o‘quv jarayoni alohida 2-qavatli binoda olib boriladi, boshqa binoni 2-qavatida kafedraning “Integrativ va xalq tabobati klinikasi” tashkil etildi.

  1999 yildan hozirgi kungacha kafedrada 70dan ortiq klinik ordinator va magistrlar qabul qilinib revmatologiya, kardiologiya, terapiya, kasb kasalliklari, xalq tabobati va boshqa tor mutaxssisliklar bo‘yicha muvafaqiyatli tugatganlar.

Kafedaradagi o‘quv ishlarining tashkiliy tomonlari Respublika Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi, Respublika Sog‘liqni Saqlash Vazirligi O‘rta va Oliy tibbiy ta’lim bo‘yicha o‘quv-uslubiy kabinet tomonidan tasdiqlangan meyoriy hujjatlar asosida olib borilmoqda.

Kafedraning maqsadi:

  1. Sharq tabobati (Xalq tabobati) uslublarini o‘rganish, ularni qayta tiklash, ommalashtirish va keng qo‘llash uchun asoslar ishlab chiqish.
  2. Sharq allomalari- Abu Ali ibn Sino va boshqalarning tibbiy, falsafiy, ilmiy nazariyalarini chuqur o‘rganish va ulardan keng foydalanish.

Vazifalari:

  • Institut talabalariga hozirgi zamon talablariga mos holda Sharq tabobati bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash.
  • Faoliyat ko‘rsatayotgan vrachlar hisobidan yuqori malakali sharq tabobati mutaxassislarini maxsus kurslarda tayyorlash va ularni muntazam malaka oshirishini ta’minlash.
  • Abu Ali ibn Sinoning boy merosini o‘rganib, uning davolash usullaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
  • Chet el Oliy o‘quv yurtlari va tibbiyot markazlari bilan hamkorlikda sharq tabobati bo‘yicha keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni amalga oshirish.
  • Buxoro viloyatini o‘simliklarga boy bo‘lgan va hayvonot dunyosi materiallaridan foydalanib dori darmonlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, Sharq tabobati usullarini tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish.
  • O‘quv modulining maqsadi:
  • Tibbiyot institutlari talabalariga Abu Ali Ibn Sinoning o‘z davrining tabobat ilmini mujassamlashtirgan «Tib qonunlari» asari yordamida «Sharq tabobati» asoslarini o‘rgatish. Bemorlarni malakali davolash jarayonida zamonaviy tibbiyot usullari bilan birgalikda keng foydalanishga, mavjud shifobaxsh o‘simliklar, hayvon mahsulotlari va madan moddalarni xususiyatlarini o‘rganish.
  • O‘quv modulining vazifalari:
  • -Sharqona tabobat tarifi, undagi unsurlar, mizoj, xiltlar, quvvatlar to‘grisida tushunchaga ega bo‘lish.
  • -Kasalliklar, ularning sabablari, tashqi muhit omillarining ta’siri, sogliqni saqlash tadbirlari, umumiy davolash usullarini o‘rgatish
  • -Sodda va murakkab dorilarni yig‘ish, saqlash, ularni tayyorlash texnalogiyasini o‘rganish.
  • -Bemorlarni Sharqona usulda tashxislash, davolash va parvarish qilish.

Oxirgi yillarda Respublikamizda Xalq tabobatiga nisbatan e’tibor oshib bormoqda. Buni yaqqol namunasi sifatida Respublikamiz Prezidentining 2018 yil 12 oktyabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasi Xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3968 va 2020 yil 10 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida Xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ -4668 sonli qarorlari bo‘lib, ularda Milliy xalq tabobatimizni rivojlantirish sohasidagi vazifalar belgilab berildi. Belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Xalq tabobati, kasb kasalliklari va allergologiya kafedrasi qoshida “Integrativ va Xalq tabobati klinikazi” ochildi. Bu klinikada Xalq tabobati, kasb kasalliklari vaallnrgologiya kafedrasi tarkibida bo‘lib, bunda davolash va profilaktika ishlarini kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi rejalashtirilgan.

2020 yil 21-Oktyabrda Integrativ va Xalq tabobati Klinikasini ochilish marosimini Buxoro Viloyat Hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroev, institut rektori Shuxrat Teshayev, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

1.IbnSinota’limotifani- 3 kurs davolash, tibbiy pedagogika fakulteti talabalari uchun;

2.Xalk tabobati fani – 5 kurs davolash, stomotologiya va tibbiy pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun ;

3.Klinik allergologiya fani – 6 kurs davolash va tibbiy pedagogika fakulteti talabalari uchun ;

  1. Klinik Immunalogiya fani- 4- kurs Tibbiy Biologiya fakulteti talabalari uchun;
  2. Kasb kasalliklari fani-5 kurs davolash, pediatriya va tibbiy pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun.
  3. Sharq tabobatida patologik sindromlar-3-4 kurs Xalq tabobati
  4. Refleksoterapiya fani 3-4-Xalq tabobati Fakultet talabalari
  5. Kineziologiya, Osteopatiya 4-Xalq Tabobati Fakultet talabalari
  6. Naturopatiya 4-kurs Xalq Tabobati-Fakultet talabalari
  7. Zamonaviy Tibbiyot va Xalq Tabobati Integratsiyasi 4-Kurs Xalq Tabobati Fakultet talabalari
  8. Manual terapiya- 3- kurs Xalq tabobati fakulteti talabalari uchun

Kafedrada hozirgi kungacha 8 ta  o‘quv adabiyoti, 10dan ortiq monografiya va 100 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan. Hozirgacha chop etilgan ilmiy maqolalar 1000 dan ortiq bo‘lib bularni ko‘pchiligi chet elning nufuzli jurnallarida va O‘zbekiston tibbiyot jurnallarida chop etilgan. Ilmiy ishlarda olingan elektron guvoxnomalar hozirgacha 20 tadan ortiq.

Hozirgacha kafedradan 10ga yaqin professor-o‘qituvchilar doktoranturada  va ilmiy izlanuvchi sifatida ilmiy ish bajarganlar, shulardan 2 ta fan doktori, 5 ta fan nomzodi oxirgi yillarda muvofaqiyatli himoya qilishdi, qolganlar disertatsiyasini yoqlash arafasida. Kafedra mudiri X. N. Qayumov o‘z ilmiy ishlarini 1999 yilda va F. E. Nurboev 1996 yilda muvofaqiyatli himoya qilganlar.

2020 yili sentyabr oyidan boshlab Respublikadagi barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida Xalq tabobati yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriyatga qabul amalga oshirildi. Institutda an’anaviy tibbiyot amaliyoti bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlari ham rivojlantirilmoqda. Dorivor giyohlar to‘planmoqda, choy va boshqa dorivor mahsulotlarga patentlar ro‘yxatga olinmoqda, magistr va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari olinmoqda, dissertatsiyalar olib borilmoqda. Institutda 14.00.41 – xalq tabobati ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajalar berish bo‘yicha ilmiy kengash ochildi.

(Rasm rasm)

Kafedra tashkil etilganidan hozirgi davrgacha 50 dan ortiq xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib barcha kafedra o‘qituvchilari ko‘plab sertifikatlarga ega bo‘lganlar. Magistrantlar va doktorantlar, tadqiqotchilar hamda talabalarining ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 28-29 aprelda Toshkent shahrida “Xalq tabobati: tarixi, yutuqlar, istiqbollar” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani va xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda Rossiya, Janubiy Koreya, Moldaviya, Turkiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan mehmonlari tashrif buyurishdi. “Abu Ali ibn Sino” nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti tomonidan ham professor o‘qituvchilar o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashishdi. 2019 yilda Xitoyning Fudan universitetida integrativ tibbiyot bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh vazir birinchi o‘rinbosari A.Sh.Inoyatov,  Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.J.Teshayev, hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

G.J. Jarilkasinovalar faol ishtirok etdilar.

Ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turgan institut xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memorandum va shartnomalar bilan ishlashda davom etmoqda.  Jumladan, 2018 yilning 5 oktyabrida Koreyaning Gvanju shaxridagi  Chong-Yeng klinikasi bilan Buxoro davlat tibbiyet instituti orasida o‘zaro xamkorlik buyicha o‘zaro tajriba almashinuvi maqsadida shartnoma imzolandi. 2018 yil 19 oktyabrda Buxoro davlat tibbiyot instituti Fudan universiteti integrativ tibbiyot instituti bilan memorandum imzolandi.  2021 yilda Xindistonning “Jame xamdard”  va Ayurveda Universitetlari bilan Xalq tabobati soxasida xamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha memorandumlar imzolandi. 2022 yilda Koreyaning Degu Xaani universiteti bilan memorandum imzolandi. Buxoro davlat tibbiyot instituti Janubiy Koreyaning Choson davlat universiteti, Kuandju tibbiyot universiteti va boshqa nufuzli tibbiyot muassasalari bilan muntazam hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Kelishuvga ko‘ra endilikda BuxDTI va Degu universiteti bilan hamkorlikda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda kelgusida Xalq tabobati yo‘nalishida qo‘shma hamkorlik dasturi asosida ta’lim yo‘nalishi tashkil etilishi rejalashtirilgan, shunga asosan har yili iyun oyi oxirida Degu Xaani universitetidan bir guruh talabalar yurtimizga tashrif buyurib,  uch hafta davomida Buxoro davlat tibbiyot institutida Xalq tabobati yo‘nalishida tashkil etilgan yozgi maktabda tahsil olishadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilardan X.N.Qayumov 2018 yilda Koreya Respublikasi Chong Yon klinikasi bilan shartnoma tuzish va tajriba almashish maqsadida borib keldi. Djabborova M.B. va Qodirova Sh.S. 2018 yilda Tojikiston Davlat Tibbiyot Universitetida iyul oyida talablarni yozgi amaliyotini amalga oshirib qaytdilar. X. N. Qayumov va F. E. Nurboyev  2019 yilda Tojikiston Davlat Tibbiyot Universitetida Xalq aro anjumanga qatnashi, hamda tajriba almashish maqsadida ikki hafta davomida borib keldilar.

Buxoro davlat tibbiyot instituti Janubiy Koreyaning KOMSTA kompaniyasi bilan xalq tabobati yo‘nalishi bo‘yicha bir necha loyihalar doirasida hamkorlik memorandumi imzolagan. Kelishuvlarga ko‘ra, 2022 yil 12 -16 avgustlarda KOMSTA kompaniyasi institutning Integrativ xalq tabobati va klinikasida xayriya aksiyasi doirasida bemorlarga davo muolajalarni olib borishdi. Jarayonlarda Koreyaning malakali shifokorlari 1000 dan ortiq aholiga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdi.

Xalq tabobatini rivojlantirish istiqbolli rejalari

  1. Xalq tabobati yo‘nalishida o‘zbek xalq tabobatini noyob merosini o‘rganish, tahlil qilish, ilmiy asoslash bo‘yicha dasturlar tayyorlash va amalga oshirish;
  2. Xalq tabobatini zamonaviy sog‘likni saqlash tizimiga uyg‘unlashtirish, amaliyotiga tadbiq qilishda faol ishtirok etish;
  3. Davolash- profilaktika muassasalarida xalq tabobati xonalarini faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
  4. Xalq tabobatini tashxislash, diagnostik va davolash usullarini asrab avaylash, samaradorligini, xavfsizligini, talab va ehtiyejini ta’minlash yo‘nalishida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
  5. Xalq tabobati yo‘nalishida ilmiy- tadqiqot ishlarni olib borish, natijalarini amaliyotga tadbiq etish
  6. Xalq tabobati rivojlangan mamlakatlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, tajribasini o‘rganish xamda ilmiy amaliy yo‘nalishda tadqiqotlar olib borish;
  7. O‘zbek xalq tabobati usullaridan- tandir, tosh- xammom, sandali kabi muolajalarni ilmiy o‘rganish va amaliyotga tadbiq etish;
  8. Koreya, Xitoy va Xindiston davlatlari bilan xalq tabobatini o‘rganish yo‘lida talabalar akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish;
  9. Xalq tabobati yo‘nalishida professor – o‘qituvchilarni chet elga malaka oshirishini kengaytirish;
  10. Respublikada xalq tabobatini amaliyotga tadbiq etish borasida sog‘likni saqlash tizimidagi siyosat va strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
  11. Respublikada xalq tabobati usullaini o‘qitish jarayonini takomillashtirish maqsadida o‘quv adabiyotlarini yaratish ko‘lamini yanada kengaytirish.
  12. Respublika tibbiyot OTMlaridagi professor- o‘qituvchilari uchun maxalliy va xorijiy pedagogik malaka oshirish va stajirovkalarni tashkil etish, yetuk xalqaro tibbiy muassasalarni o‘quv rejalar, dasturlar, o‘quv jarayenini o‘rganish va taxlil qilish,yetuk tajribalarni tadbiq etish
  13. Xalq tabobati yo‘nalishi bo‘yicha Ilmiy Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, yuqori salohiyatli, raqobatdosh va malakali kadrlarni qo‘llab quvvatlash.

Kafedraning maqsadi, vazifalari va faoliyati yo’nalishi:

Kafedra talabalar va klinik ordinatorlarining o‘quv, tarbiyaviy va davolash ishlari Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli markaz tasarrufida va viloyatning boshqa davolash-profilaktika muassasalarida olib boriladi.

Kafedramiz hozirda Koreya Davlati bilan hamkorlikda ilmiy va davolash ishlari olib bormoqda. Kafedra tashkil etilganidan hozirgi davrgacha 50 dan ortiq xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib barcha kafedra o‘qituvchilari ko‘plab sertifikatlarga ega bo‘lganlar.

         Oxirgi yillarda Respublikamizda Xalq tabobatiga nisbatan e’tibor oshib bormoqda. Buni yaqqol namunasi sifatida Respublikamiz Prezidentining 2018 yil 12 oktyabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasi Xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3968 va 2020 yil 10 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida Xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ -4668 sonli qarorlari bo’lib, ularda Milliy xalq tabobatimizni rivojlantirish sohasidagi vazifalar belgilab berildi. Belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasi qoshida “Integrativ va Xalq tabobati klinikazi” ochildi. Bu klinikada Xalq tabobati va kasbkasalliklari kafedrasi tarkibida bo‘lib, bunda davolash va profilaktika ishlarini kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi rejalashtirilgan.

2020 yil 21-Oktyabrda Integrativ va Xalq tabobati Klinikasini ochilish marosimini Buxoro Viloyat Hokimi o’rinbosari Mirali Hamroev, institut rektori Shuxrat Teshaev, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

1.IbnSinota’limotifani 3 kurs davolash, tibbiy pedagogika fakulteti talabalari uchun;

2.Xalk tabobati fani – 5 kurs davolash, stomotologiya va tibbiy pedagogika yo’nalishi talabalari uchun ;

3.Klinik allergologiya fani – 6 kurs davolash va tibbiy pedagogika fakulteti talabalari uchun ;

4.Kasb kasalliklari fani-5 kurs davolash, pediatriya va tibbiy pedagogika yo’nalishi talabalari uchun.

5. Sharq tabobatida patologik sindromlar-3-4 kurs Xalq tabobati

6. Refleksoterapiya fani 3-4-Xalq tabobati Fakultet talabalari

7. Kineziologiya, Osteopatiya 4-Xalq Tabobati Fakultet talabalari

8. Naturopatiya 4-kurs Xalq Tabobati-Fakultet talabalari

9. Zamonaviy Tibbiyot va Xalq Tabobati Integratsiyasi 4-Kurs Xalq Tabobati Fakultet talabalari

Kafedra professor-o‘qituvchilardan X.N.Qayumov 2018 yilda Koreya Respublikasi CHong YOn klinikasi bilan shartnoma tuzish va tajriba almashish maqsadida 10 kunga borib keldilar. DjabborovaM.B. va QodirovaSH.S. 2018 yilda Tojikiston Davlat Tibbiyot Universitetida iyul oyida talablarni yozgi amaliyotini amalga oshirib qaytdilar. X. N. Qayumov va F. E. Nurboev  2019 yilda Tojikiston Davlat Tibbiyot Universitetida Xalq aro anjumanga qatnashib hamda tajriba almashish maqsadida ikki hafta davomida borib keldilar.

         Kafedra mudiri X. N. Kayumov o‘z ilmiy ishlarini 1999 yilda va F. E. Nurboev 1996 yilda muvofaqiyatli himoya qilganlar.

Kafedrada hozirgi kungacha 8 ta  o‘quv adabiyoti, 4 tamonografiya va 100 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan. Hozirgacha chop etilgan ilmiy maqolalar 500 dan ortiq bo‘lib bularni ko‘pchiligi Rossiya jurnalllarida va O‘zbekiston tibbiyot jurnallarida chop etilgan. Ilmiy ishlarda olingan elektron guvoxnomalar hozirgacha 20 tadan ortiq.

Hozirgacha kafedradan 2ta o‘qituvchimiz doktoranturada taxsil olganlar, shulardan F. E. Nurboev 2018 yil dekabr oyida doktorlik disertatsiyani yoqladi. M. M. Saidova nomzodlik disertatsiyasini yoqlash arafasida.

“Xalq tabobati: tarixi, yutuqlar, istiqbollar” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani va xalqaro olimpiadasi bo’lib o’tdi

Magistrantlar va doktorantlar, tadqiqotchilar hamda talabalarining ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 28-29 aprelda Toshkent shahrida “Xalq tabobati: tarixi, yutuqlar, istiqbollar” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani va xalqaro olimpiadasi bo’lib o’tdi. Ushbu anjumanda Rossiya, Janubiy Koreya, Moldaviya, Turkiya, Qozog’iston va boshqa davlatlardan mehmonlari tashrif buyurishdi. “Abu Ali ibn Sino” nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti tomonidan ham professor o’qituvchilar o’z ma’ruzalari bilan faol qatnashishdi.

Xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasidagi professor-o'qituvchilarning maqolalari

NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle