Umumiy ma’lumot

Umumiy ma’lumot

Buxoro davlat tibbiyot instituti 1990-yil oktabr oyida tashkil etilgan. 1991-yil mart oyida Buxoro viloyat xalq deputatlari Kengashi Prezidiumi qaroriga binoan institutga Abu Ali ibn Sino nomi berilgan.

Tarixiy bosqichlar:

  • 1991-yil – Tibbiyot fakulteti ochilgan

  • 1992-yil – Stomatologiya fakulteti tashkil etilgan

  • 1999-yil – Malakali hamshiralar bo‘limi ochilgan

  • 2001-yil – Tibbiy pedagogika yo‘nalishi tashkil etilgan

  • 2016-yil – Pediatriya yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilgan

  • 2018-yil – Tibbiy profilaktika va tibbiy biologiya bo‘yicha yangi yo‘nalishlar tashkil etilgan

Bugungi kunda institut quyidagilardan iborat:

  • 4 ta fakultet

  • 53 ta kafedra

  • 9 ta bakalavriat yo‘nalishi

  • 30 ta magistratura mutaxassisligi

  • 36 dan ortiq klinik ordinatura mutaxassisligi

  • 20 ta qo‘shma (ikki diplomli) dastur

Institutda jami 9180 dan ortiq talabalar va ordinatorlar tahsil olmoqda.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

  • 648 nafar pedagog xodimlar, jumladan:

    • 97 nafar fan doktori va professor

    • 253 nafar fan nomzodi (PhD) va dotsent

    • 100 nafar katta o‘qituvchi va assistent

Ta’lim tillari:

  • o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida olib boriladi.

Bakalavriat yo‘nalishlari (9 ta):

  1. Umumiy tibbiyot – 6 yil

  2. Tibbiy-pedagogik yo‘nalish – 6 yil

  3. Pediatriya – 6 yil

  4. Stomatologiya – 5 yil

  5. Tibbiy profilaktika – 5 yil

  6. Tibbiy biologiya – 4 yil

  7. Oliy hamshiralik ishi – 4 yil

  8. An’anaviy tibbiyot – 4 yil

  9. Farmatsiya – 5 yil