BuxDTI matbuot xizmati

🏛🔵Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga MESCA Foundation nodavlat va notijorat tashkiloti xodimi Nikki Hafezi-Kristoffersen tashrif buyurdi.

Xalqaro hamkorlik1

🏛🔵Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga MESCA Foundation nodavlat va notijorat tashkiloti xodimi Nikki Hafezi-Kristoffersen tashrif buyurdi.

🟣MESCA tibbiy va klinik tadqiqotlar va boshqa tashabbuslarga xayriya homiyligi bilan shug’ullanadi. Ushbu qo’llab-quvvatlangan loyiha va tashabbuslar aholi salomatligini rivojlantirish va yaxshilash hamda Markaziy Osiyo mintaqalaridagi barcha fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.

➡️Jamg’arma Shveytsariyada 2021-yil oxirida tashkil etilgan va O’zbekistonda 2022-yilda ish boshlagan. Baxtiyor Fazilov direktorlar kengashi raisi hisoblanadi.

❗️To’rtta yo’nalish bo’yicha masalalar ko’rib chiqildi.

1️⃣Oftalmologik kasalliklarga tashxis qo’yish;
2️⃣Kasallikni oldini olish maqsadida aholiga tushuntirish ishlari olib borish;
3️⃣Professor-o’qituvchilar, olimlar hamda talaba-yoshlarni oftalmologiya yo’nalishiga jalb qilish;
4️⃣Hamkorlikda tadqiqot ishlari o’tkazish;