BuxDTI matbuot xizmati

Viloyat hokimi Botir Zaripov Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Viloyat hokimi Botir Zaripov6

Viloyat hokimi Botir Zaripov Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida institutiga keltirilgan ekzoskelet-davolovchi robot funksiyasi, takomillashtirilayotgan faoliyat, qabul qilinayotgan inventarlar, yuqori samarador vositalar bilan yaqindan tanishdi.

Ekzoskelet-zamonaviy davolovchi robot individual foydalanuvchilar uchun muljallangan, ilgʻor mashq—davolash texnologiyasini oʻzida mujassam etgan, bosh miya va orqa miya neyroplastiklik konsepsiyasidan foydalangan holda oyoq va qoʻllarning disfunksiyasi boʻlgan bemorlar uchun davolovchi, xavfsiz va samarali reabilitatsiya chora-tadbiri boʻlib, miyadagi sensomotor funksiyasini tiklashga yordam beradi.

Shuningdek, Institut prorektori Kamol Boltayev hamrohligida Janubiy Koreya texnologiyalari asosida institutda smart issiqxona binosiga ham tashrif buyurdi. Bu issiqxona Jenshen o’simligini yetishtirishga ixtisoslashgan bo’lib, unda talabalar Koreya texnologiyalaridan foydalangan holda tadqiqot olib borishadi.