Institut talabasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi
21.04.2025 2025-04-22 9:15Institut talabasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi
Institut talabasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi
Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiyot fakulteti Davolash yo‘nalishi 307-guruh talabasi Rayimova Rayhona iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Buxoro tuman va viloyat bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur tanlovda Rayhona o‘zining ilmiy bilimlari, innovatsion g‘oyalari va faolligi bilan ajralib turdi. Natijada, u viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Rayimova Rayhonaning bu yutug‘i — nafaqat institut, balki Buxoro viloyatidagi faol, iqtidorli yoshlarning salohiyatini yana bir bor namoyon etadi. Yoshlar o‘rtasida ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi bunday tanlovlar iqtidor egalari uchun katta maydon yaratmoqda.
Talabamizga Respublika bosqichida ham omad tilaymiz!