BuxDTI matbuot xizmati

Institutning hindistonlik hamkorlari Onkologiya markazida noyob jarrohlik amaliyoti o‘tkazishdi

Institutning hindistonlik hamkorlari Onkologiya markazida noyob jarrohlik amaliyoti o‘tkazishdi1

Institutning hindistonlik hamkorlari Onkologiya markazida noyob jarrohlik amaliyoti o‘tkazishdi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro hamkorlik doirasida Hindistonning NEO tashkiloti bilan birgalikda onkologik bemorlar uchun bepul maslahat va murakkab jarrohlik amaliyotlarini tashkil etdi.

Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya markazi Buxoro filialida o‘tkazilgan ushbu tadbirda NEO tashkiloti direktori dr. Divya Raj Reddy, GSL Saraton kasalliklari shifoxonasi shifokori Dr. Tarun hamda bosh onkologik jarroh Dr. Shree Ram ishtirok etishdi.

Tashrif davomida bemorlarga yuqori malakali maslahatlar berildi va noyob operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Mutaxassislar bilan hamkorlik klinik faoliyat va ta’limiy almashinuvlar yo‘nalishida davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.