Buxoro tibbiyot olimlari Xitoyda xalqaro sammitda ishtirok etmoqda
27.04.2025 2025-04-29 13:17Buxoro tibbiyot olimlari Xitoyda xalqaro sammitda ishtirok etmoqda
2025 yil 25–26 aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida “Buyuk Ipak Yo‘li” tashabbusi doirasida urologiya va nefrologiya sohalarida an’anaviy va zamonaviy tibbiyot integratsiyasiga bag‘ishlangan xalqaro sammit-forum bo‘lib o‘tmoqda.


Mazkur nufuzli anjumanda Buxoro davlat tibbiyot institutining vakillari – Ahmedova Nilufar, Naimova Shohida va Sulaymonova Gulnoz hamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (BVKTTM) nefrologiya bo‘limi mudiri Khatabov Muzaffar ilmiy ma’ruzalar bilan faol ishtirok etmoqda.

Forum davomida urologiya va nefrologiya yo‘nalishlarida an’anaviy va zamonaviy tibbiyotning integratsiyasi, tashxis va davolashning innovatsion usullari, ilg‘or ilmiy yutuqlar muhokama qilinmoqda. Buxorolik olimlar o‘z ma’ruzalari orqali O‘zbekistonda olib borilayotgan tibbiy islohotlar va yutuqlar haqida ham ma’lumot berdi.

Tadbir ishtirokchilari kasbiy malakani oshirish, xalqaro tajriba almashish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlaridan keng foydalanyapti.
