Buxoroda “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostidagi sport oyligiga start berildi.
05.05.2025 2025-05-05 17:17Buxoroda “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostidagi sport oyligiga start berildi.
Buxoroda “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostidagi sport oyligiga start berildi.
Bugun, 5-may kuni, Respublika oliy ta’lim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida sport oyligiga start berish marosimi BuxDU Universal sport majmuasida o‘tkazildi. Bu marosimda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Z.S Baxranova faol ishtirok etdi.



Sport oyligining ochilish marosimi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Mazkur oylik bugundan futbol, basketbol, voleybol, kurash, stol tennisi, boks va boshqa sport turlari doirasida start oldi.



“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur tashabbus yoshlarda jismoniy faollikni oshirish, ularni sog‘lom hayot tarziga jalb qilish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda Vatanga sadoqat, iroda va bardamlik ruhida tarbiyalash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.


