Malayziyalik professor Nazmi Mat Navining Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrifi.
08.05.2025 2025-05-13 10:30Malayziyalik professor Nazmi Mat Navining Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrifi.
Malayziyalik professor Nazmi Mat Navining Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrifi.
Joriy yilning 8 may kuni Tibbiy kimyo kafedrasi o`qituvchilari taklifiga binoan Yurtimizning eng nufuzli universitetlaridan biri Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Analitik kimyo kafedrasi mudiri professor Smanova Zulayxo Asanaliyevna , shu kafedra professori Qutlimurotova Nigora Hakimovna va Universiti Putra Malaysiya (UPM) universiteti professori Nazmi Mat Navi institutimizga tashrif buyurdilar.


Bu tashrif Tibbiy kimyo kafedrasi o`qituvchilari va institutimiz talabalarining qiziqishiga sabab bo`ldi . Tashrif davomida o`qituvchilar va talabalar uchun ilmiy seminar tashkil etilib , hozirda yaratilgan shart sharoitlar , erishilayotgan yutuqlar haqida suhbat olib borildi.


Malayziyalik professor Nazmi Mat Navi bilan kelajakda oliygohlarimiz o`rtasida xalqaro hamkorlik aloqalari o`rnatish , o`zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida oliygohlarimiz ortasida ozaro hamkorlik , tajriba almashish va birgalikda ilmiy izlanishlar olib borishga kelishib olindi .
Mehmonlarimizga kafedramiz ilmiy laboratoriyasi va institutimizda tashkil etilgan yangi qoshma laboratoriya tanishtirildi.

