BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

Buxoroda xalqaro tibbiy olimpiada bo‘lib o‘tdi

Buxoroda xalqaro tibbiy olimpiada bo‘lib o‘tdi1

Buxoroda xalqaro tibbiy olimpiada bo‘lib o‘tdi

2025-yil 21-may kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan — uchinchi RENESSANSGACHA” nomi ostida V Xalqaro tibbiy olimpiada bo‘lib o‘tdi. An’anaviy tus olgan mazkur nufuzli ilmiy-intellektual bellashuvda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 500 nafarga yaqin iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Bu yilgi olimpiadaning o‘ziga xos jihati — unda nafaqat davlat, balki birinchi marta nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalari ham ishtirok etganidir. Olimpiada tibbiyotning 43 yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etildi va ishtirokchilar o‘z bilimlarini nazariy va amaliy sinovlar orqali namoyish qilishdi.

Tanlovning asosiy maqsadi — buyuk tabib va mutafakkir Ibn Sino merosini yosh avlod ongiга singdirish, uni zamonaviy tibbiyot bilan uyg‘unlashtirib targ‘ib etish, shuningdek, yosh mutaxassislar o‘rtasida sog‘lom raqobat va xalqaro hamkorlik muhitini shakllantirishdan iborat.

Tadbirning yakunlari Buxoro shahridagi tarixiy “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida joylashgan teatr binosida o‘tkazilgan galakonsert hamda taqdirlash marosimi bilan nihoyasiga yetdi. G‘oliblar turli nominatsiyalar bo‘yicha sertifikatlar, esdalik sovg‘alari va rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandi.

Ushbu xalqaro tashabbus tibbiy ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, akademik aloqalarni mustahkamlash va kelajakdagi muvaffaqiyatli shifokorlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.