BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Andijon davlat tibbiyot instituti yangi binolari bilan tanishdi

Андижон давлат тиббиёт институтининг янги бинолари билан танишди1

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Andijon davlat tibbiyot instituti yangi binolari bilan tanishdi

Bugun, 28-may kuni, O‘zbekiston – Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlarining I forumi doirasida Andijon viloyatida bo‘lib turgan Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev Andijon davlat tibbiyot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida ADTI rektori M. Madazimov mehmonni institut klinikasi va 2000 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi bilan tanishtirdi. Hozirda 650 o‘rinli klinikada kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur klinika bir vaqtning o‘zida 11 ming nafar talabaga ta’lim olish va amaliyot o‘tash imkonini yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Yangi o‘quv binosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi PQ-5154-sonli qaroriga muvofiq, “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari doirasida, 2 gektar yer maydonida qurilgan bo‘lib, 2000 o‘rinli holda foydalanishga topshirilgan.

Tashrif chog‘ida rektorlar yangi binoda joylashgan Simulyatsiya markazi imkoniyatlari bilan tanishdilar. Ular robot-simulyatorlardan foydalanish jarayonlarini kuzatdilar.

BDTI rektori Sh. Teshayev institutdagi ta’lim yo‘nalishlari qatori, ayniqsa, parameditsina sohasida erishilayotgan yutuqlarni e’tirof etdi. U bu boradagi moddiy-texnika bazaning mustahkam ekanini ta’kidladi va bunday tajribalar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi.