Buxoroda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun keng ko‘lamli tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
29.05.2025 2025-05-29 15:47Buxoroda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun keng ko‘lamli tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
Buxoroda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun keng ko‘lamli tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
👩⚕️2024-yil 27–29-may kunlari Buxoro viloyatidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida yirik tibbiy tadbir tashkil etildi. Ushbu ko‘rik davomida 180 ga yaqin Daun sindromiga chalingan, shuningdek, 300 dan ortiq boshqa nogironligi bo‘lgan bolalar malakali mutaxassislar ishtirokida batafsil tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.


📌Loyihaning amalga oshirilishi Buxoro viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamda amerikalik xayriyachi va tadbirkor Nikki Leyla Hafezi xonim o‘rtasidagi hamkorlik asosida yuzaga keldi. Bu tashabbus 2024-yil fevral oyida o‘tkazilgan rasmiy uchrashuvda kelishilgan edi.


🟢Fevral oyidagi muzokaralarda Buxorodagi nogironligi bo‘lgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarur hollarda jarrohlik amaliyotlarini tashkil etish va davolash jarayonlariga homiylik qilish masalalari muhokama qilingan edi.


❕Tibbiy ko‘rikda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Bolalar stomatologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi. Ular amerikalik mutaxassislar bilan birgalikda nafaqat bolalarni ko‘rikdan o‘tkazdilar, balki institutning bitiruvchi kurs talabalari uchun amaliy mahorat darslarini ham o‘tishdi.


