BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro shahrida O‘zbekiston allergolog va immunologlarining IV forumi bo‘lib o‘tdi

Buxoro shahrida O‘zbekiston allergolog va immunologlarining IV forumi bo‘lib o‘tdi1

Buxoro shahrida O‘zbekiston allergolog va immunologlarining IV forumi bo‘lib o‘tdi

📌 Tadbirda sohaga oid yetakchi olimlar, mutaxassislar, shuningdek, bir guruh xorijlik ekspertlar onlayn va oflayn formatlarda ishtirok etdi.

➡️ “O‘zbekistonda allergologik xizmat: muammolar va yechimlar” mavzusiga bag‘ishlangan forum Sog‘liqni saqlash vaziri A.Xudoyarovning ishtirokchilarga yo‘llagan videomurojaati bilan boshlandi.

💬 Forumda qayd etilishicha, davlatimiz rahbari tomonidan 2023 yil 23 noyabrda imzolangan “Allergik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, allergologiya sohasi to‘liq transformatsiya qilinib, yagona vertikal boshqaruv tizimi joriy etildi.
🔎 Xizmat ko‘rsatish darajasi tuman miqyosiga tushirilishi orqali maxsuslashtirilgan allergologik xizmat aholiga yanada yaqinlashtirildi.

✅ Qisqacha aytganda, markaz o‘z faoliyatini xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirishga erishdi. Yaqinda muassasaga ISO 9001:2015 va ISO 7101:2023 xalqaro sifat standartlari joriy etilgani munosabati bilan maxsus sertifikatlar topshirilgani, bu boradagi izlanish va yangilanishlarning yorqin isboti bo‘ldi.

‼️ Forum davomida sohada erishilgan yutuqlar e’tirof etilishi bilan birga, allergologiyaga doir dolzarb masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.

🎙 Forumda institut rektori Shuhrat Teshaev nutq so‘zlab, mavzuga oid qator dolzarb masalalarni tilga oldi. U o‘z chiqishida sohaga oid islohotlarning ahamiyati, mavjud resurslardan samarali foydalanish va xalqaro tajribalarni tatbiq etish zarurligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.