BuxDTI matbuot xizmati

Institutga xitoylik hamkorlar tashrif buyurishdi

Institutga xitoylik hamkorlar tashrif buyurishdi1

Institutga xitoylik hamkorlar tashrif buyurishdi

🏛Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Xitoy Xalq Respublikasidan nufuzli delegatsiya – Sian Jiaotong universitetining Ikkinchi filial kasalxonasi va Shanxay akademiyasining yetakchi tibbiyot mutaxassislari tashrif buyurdi.

👥Delegatsiyani quyidagi yuqori martabali mehmonlar boshqardi:

👤Prof. Dr. Ronggou Fu – Sian Jiaotong universiteti Ikkinchi filial kasalxonasi Nefrologiya bo‘limi mudiri.

👤Dr. Zhang Pengbo – Sian Jiaotong universiteti Ikkinchi filial kasalxonasi prezidenti, professor

👤Yang Shihong – Shaanxi provinsiyasi Fan va texnologiyalar departamenti ikkinchi darajali inspeksori

🔂Delegatsiya tarkibida, shuningdek, boshqa yetakchi olimlar va shifokorlar – nefrologiya va gematologiya yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar ham ishtirok etdi.

🥼 Mehmonlarni institut rektori professor Shuhrat Teshayev, o‘quv ishlari, ilmiy va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektorlar kutib oldilar. Muloqot jarayonida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, tibbiyot ta’limi, ilmiy-tadqiqot ishlari va klinik amaliyotda tajriba almashish bo‘yicha qator masalalar muhokama qilindi.

⚡️Delegatsiya a’zolari institutning Gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasida magistratura talabalari hamda klinik ordinatura rezidentlariga akademik mobillik doirasida mahorat darslari o‘tkazishi rejalashtirgan. Shu bilan birga, institut klinikasida amaliy maslahatlar ham berishdi.

📣Tashrif davomida nefrologik kasalliklarni davolash bo‘yicha bir nechta hamkorlik memorandumlari imzolandi. Bu kelgusida ikki tomonlama tibbiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

🔔Xitoylik mehmonlar institutdagi zamonaviy infratuzilma – “Smart” issiqxona, o‘quv-klinik markazlar, simulyatsiya markazi va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdilar.

➡️Eslatib o‘tamiz, Buxoro davlat tibbiyot instituti bugungi kunda dunyoning 50 dan ortiq yetakchi universitet va ilmiy markazlari bilan faol hamkorlik olib bormoqda. 2025-yil aprel oyida institutda xitoy tili markazi tashkil etilgan bo‘lib, hozirda talabalar va professor-o‘qituvchilar mazkur tilni o‘rganishni boshlab yuborishgan.