Buxoro davlat tibbiyot instituti “THE Global Sustainable Development Congress” xalqaro anjumanida ishtirok etmoqda
17.06.2025 2025-06-19 11:55Buxoro davlat tibbiyot instituti “THE Global Sustainable Development Congress” xalqaro anjumanida ishtirok etmoqda
Buxoro davlat tibbiyot instituti “THE Global Sustainable Development Congress” xalqaro anjumanida ishtirok etmoqda
Joriy yilning 16–19-iyun kunlari Istanbul shahrida nufuzli “Times Higher Education” (THE) agentligi tomonidan uyushtirilgan “Global Sustainable Development Congress” — Barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda.


🌍 Ushbu yirik xalqaro anjuman doirasida iqlim o‘zgarishi, inklyuzivlik, ta’lim tizimining global barqaror rivojlanishdagi o‘rni, raqamli transformatsiya, ilm-fan va jamiyat manfaatlari kabi dolzarb yo‘nalishlarda panel sessiyalar, seminar va ochiq muloqotlar tashkil etilgan.

Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan 5000 nafardan ziyod delegatlar ishtirok etayotgan kongressda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan yurtimizning 9 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasi o‘z pavionlari bilan qatnashmoqda.


Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari ham mazkur nufuzli xalqaro tadbirda faol ishtirok etmoqda. Institut pavioni doirasida ta’lim dasturlari, ilmiy va innovatsion ishlanmalar, xalqaro hamkorlikdagi tashabbuslar, ayniqsa sog‘liqni saqlash tizimidagi barqaror rivojlanishga qaratilgan loyihalar namoyish etilmoqda.
🔹 Bunday xalqaro maydonda ishtirok etish:
xorijiy talabalar va professor-o‘qituvchilarni jalb qilish;
qo‘shma ilmiy tadqiqot va maqolalarni rivojlantirish;
ta’lim eksporti va xalqaro grantlarni oshirish;
institut salohiyati va brendini dunyoga tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📊 Kongress yakunida “THE Impact Ranking – 2025” natijalari ham e’lon qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston oliygohlarining xalqaro reytingdagi o‘rni yana-da mustahkamlanishi kutilmoqda.