“Dolzarb 30 kun” doirasida BuxDTIda yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
19.06.2025 2025-06-20 11:22“Dolzarb 30 kun” doirasida BuxDTIda yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
“Dolzarb 30 kun” doirasida BuxDTIda yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
🗓 Bugun, 2025-yil iyun oyida Buxoro davlat tibbiyot institutida Buxoro shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.


📌 Ma’lumki, 2025-yil 20-maydan 20-iyungacha bo‘lgan davrda yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan fasl munosabati bilan Buxoro shahrida turli muassasa va tashkilotlarda yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar bosqichi e’lon qilingan.


🏢 Shu munosabat bilan BuxDTIda tashkil etilgan yig‘ilishda institut xodimlari, muhandis-texnik xizmati vakillari hamda Favqulodda vaziyatlar sohasidagi mutaxassislar ishtirok etdi.


🧯 Tadbir davomida ishtirokchilarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi, binolarda xavfsizlik vositalarining to‘g‘ri ishlashi yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.