BuxDTI matbuot xizmati

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi

Kelajakka qadam1

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi

20-iyun kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi bosqich talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli “Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. Seminarda Buxoro viloyati “O‘zmilliybank” AJ boshqaruvi rahbariyati vakillari, jumladan, bank boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Ochilov ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalarga “Kelajakka qadam” dasturining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, shuningdek, “biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” bo‘lgan jarayon haqida tushuntirishlar berildi. “O‘zmilliybank” tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketlari, biznes reja tuzish, tadbirkorlik kreditlari va ularni rasmiylashtirishga oid amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.