BuxDTI matbuot xizmati

BuxDTIda dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

BuxDTIda dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi1

BuxDTIda dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida rektor professor Shuhrat Teshayev boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda institut prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, joriy yilda ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida institut zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli va samarali bajarish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Talabalarning yozgi o‘quv jarayonlarini samarali yakunlash, ularning amaliyotga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarini tashkil etish, fan to‘garaklari faoliyatini tizimli davom ettirish, jinoyatchilikka qarshi doimiy profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish kabi muhim yo‘nalishlar yig‘ilish kun tartibidan o‘rin oldi.

Shuningdek, rektor Sh. Teshayev xalqaro va milliy reytinglarda institut o‘rnini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi. Kelgusi o‘quv yiliga qabul jarayonlarida oshkoralik, shaffoflik va korrupsiyaviy holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik zarurligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida institut rahbariyati tomonidan belgilangan rejalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda bu borada jamoaviy harakatlar muhim ekani qayd etildi.