Buxoro davlat tibbiyot institutida diplom topshirish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi
23.06.2025 2025-06-24 16:36Buxoro davlat tibbiyot institutida diplom topshirish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi
Buxoro davlat tibbiyot institutida diplom topshirish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida joriy yilda 226 nafar klinik ordinator, 23 nafar magistr va 1289 nafar bakalavr bitiruvchi mutaxassislikni tamomladi.
Kuni kecha Buxoro shahridagi Yoshlar markazi hovlisida joylashgan Favvoralar maydonida bitiruvchilar uchun tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Hafiza Ortiqova, institut rektori professor Shuhrat Teshayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Azamat Naimov hamda boshqa soha vakillari ishtirok etdi.


















Tadbirda so‘z olganlar bitiruvchilarni samimiy tabriklab, ularga sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishda o‘z bilim va salohiyatlarini ayamasdan xizmat qilishlarini tilakdoshlik bilan ta’kidladilar.
Shuningdek, “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan institut talabalari jamoasi 40 million so‘mlik vaucher va Turkiyaga 10 kunlik sayohat sertifikati bilan taqdirlandi.
Bayram tadbiri mahalliy estrada ijodkorlarining konsert dasturi va sahna ko‘rinishlari bilan yakunlandi.
🎗Tadbir bayramona ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tmoqda. Fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar va mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan ushbu marosimda bitiruvchilarning ko‘zida quvonch, faxr va kelajak sari ishonch porlab turibdi.


















🎗Bu unutilmas kun institutni tamomlayotgan har bir talabaning hayotidagi muhim bosqich bo‘lib, ularning ilm-fan yo‘lidagi navbatdagi qadami hisoblanadi. Bitiruvchilar tibbiyot sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shishga tayyor, bilimli va yetuk mutaxassislar sifatida katta hayot sari yo‘l olmoqda.