BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti Turkiyaning yana bir nufuzli universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Buxoro davlat tibbiyot instituti Turkiyaning yana bir nufuzli universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi2

Buxoro davlat tibbiyot instituti Turkiyaning yana bir nufuzli universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Bugungi kunda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim va ilmiy sohada yuqori darajadagi tajriba almashinuvini ta’minlash — har bir oliy ta’lim muassasasi oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.

Shu maqsadda, joriy yilning 30 iyun kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Turkiyaning nufuzli ta’lim dargohlaridan biri — Sakarya University of Applied Sciences (Sakarya amaliy fanlar universiteti) professorlari — Prof. Dr. Og‘uz Tyurkay va Prof. Dr. Shevki Ulema rasmiy tashrif bilan bo‘ldilar.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ikki tomonlama manfaatli hamkorlik yo‘llarini belgilash va rasmiy memorandum imzolashdan iborat bo‘ldi.

Mehmonlarni institutning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Laziz Niyazov qabul qildi. Tashrif doirasida professorlar institutning zamonaviy infratuzilmasi, xususan, simulyasiya markazi, “smart issiqxona”, zamonaviy klinika, axborot-resurs markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🖊 Tashrif yakunlariga ko‘ra, Sakarya universiteti va BuxDTI o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, kelgusida ta’limning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Jumladan:

  • talabalar va professor-o‘qituvchilarning o‘zaro almashinuvi,
  • ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda olib borish,
  • magistratura va klinik ordinatura bo‘yicha tajriba almashinuvi,
  • zamonaviy tibbiyot va ta’lim metodlarini joriy etish kabi muhim yo‘nalishlar ko‘zda tutilgan.

📌 Ayni paytda Buxoro davlat tibbiyot instituti Turkiyaning 15 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Bu esa xalqaro maydonda institut nufuzini mustahkamlash, talabalarga keng imkoniyatlar yaratish va zamonaviy tibbiy bilimlarni yanada chuqurlashtirishda muhim o‘rin tutadi.