BuxDTI matbuot xizmati

Rektorlar tomonidan “Buxoro” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga kitoblar sovg‘a qilindi

bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga kitoblar sovg‘a qilindi1

Rektorlar tomonidan “Buxoro” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga kitoblar sovg‘a qilindi

📚 Buxoro shahrida yangi tashkil etilgan “Buxoro” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi hozirda 250 nafar bolaga faol va mazmunli dam olish imkoniyatini yaratgan. Oromgoh bolajonlarning yozgi ta’til davrini foydali, maroqli va ma’naviy jihatdan boy o‘tkazishlariga xizmat qilmoqda.

🔹 Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Adilov boshchiligida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari oromgohga tashrif buyurishdi. Ular bolalarning ta’til paytidagi mashg‘ulotlari, yashash va ovqatlanish sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida bolalar bilan iliq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va taassurotlari tinglandi.

🔹 Tashrif doirasida oromgoh kutubxonasi uchun mazmunli va rang-barang asarlardan iborat kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi. Bu jamlanma oromgoh kutubxonasi fondini boyitib, bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini kitob o‘qish orqali ma’naviy boyitishga xizmat qiladi.

📖 Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori professor Shuhrat Teshayev bolalarga iliq tilaklar bildirib, ularni buyuk alloma Abu Ali ibn Sino merosiga munosib bo‘lgan yetuk shaxslar bo‘lib ulg‘ayishlariga tilak bildirdi.