🎓 “Bitiruvchi bandligi – 2025”
09.07.2025 2025-07-09 16:17🎓 “Bitiruvchi bandligi – 2025”
🎓 “Bitiruvchi bandligi – 2025”
🎗Bugun, Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi” binosida “Bitiruvchi bandligi – 2025” nomli yirik bandlikka ko‘maklashuvchi tadbir bo‘lib o‘tdi.


🔖Tadbirning asosiy maqsadi – oliygoh bitiruvchilarini mehnat bozoriga samarali jalb etish, ularning kasbiy yo‘nalishini belgilashda ko‘maklashish va ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.


➡️Tadbir davomida biznes marafon, motivatsion seminar-trening, vakant ish o‘rinlari taqdimoti, mehnat yarmarkasi kabi muhim tashabbuslar amalga oshirildi.


♻️Mazkur tashabbus yoshlarga o‘z salohiyatini namoyon etish, zamonaviy kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha tanlov qilish, shuningdek, ishga joylashishda real imkoniyatlarga ega bo‘lishda muhim o‘rin tutdi.
