“Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida o’tgan “XXI asr ayoli” Xotin-qizlar festivali doirasida Buxoro viloyatidagi iqtidorli ayollar ishtiroki bilan o‘tkazilgan tanlovda teng imkoniyatlar muhim o‘rin tutdi.
10.07.2025 2025-07-10 16:29“Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida o’tgan “XXI asr ayoli” Xotin-qizlar festivali doirasida Buxoro viloyatidagi iqtidorli ayollar ishtiroki bilan o‘tkazilgan tanlovda teng imkoniyatlar muhim o‘rin tutdi.
“Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida o’tgan “XXI asr ayoli” Xotin-qizlar festivali doirasida Buxoro viloyatidagi iqtidorli ayollar ishtiroki bilan o‘tkazilgan tanlovda teng imkoniyatlar muhim o‘rin tutdi.
🏛Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli o‘rtasida o‘tkazilgan “Ixtirochi ayollar” ko‘rik-tanlovida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti 238-guruh talabasi Mutalimova Zulfizar Burxon qizi “Talaba qizning eng yaxshi ixtirosi” nominatsiyasida mutloq g‘olib deb topilib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.


💠Ilmiy izlanishlarda faol bo‘lgan, o‘z salohiyati va g‘oyasi bilan ajralib turgan Zulfizar Mutalimova Buxoro viloyati hokimligi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

▶️Ushbu yutuq – xotin-qizlarning ilmiy va innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish, shuningdek, gender tengligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim qadamlardan biridir.