Gender tengligi

🔷”Ayolni qadrlang – ayolni e’zozlang!” – bu nafaqat ezgu chaqiriq, balki teng huquqli, adolatli va sog‘lom jamiyat sari yo‘lning tamal toshidir.

cropped-logo_250x250.png

🔷”Ayolni qadrlang – ayolni e’zozlang!” – bu nafaqat ezgu chaqiriq, balki teng huquqli, adolatli va sog‘lom jamiyat sari yo‘lning tamal toshidir.

🎗Ayol – bu hayotning ilhom manbai, mehr va sadoqat timsoli. U insoniyat davomiyligi, jamiyat taraqqiyoti hamda oilaviy barqarorlikning asosiy tayanchidir. Ayollarning barcha sohalardagi faol ishtiroki va salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish – gender tenglikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardandir.

🎬 Shu g‘oya asosida Biotibbiyot fakulteti 173-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan videorolikda ayolga bo‘lgan hurmat, uning o‘ziga xos go‘zalligi, intellektual salohiyati va jamiyatdagi teng va faol o‘rni haqida chuqur, ta’sirli fikrlar ifodalangan.

💬 Har birimiz jamiyatda gender tenglikni mustahkamlash, ayollarga nisbatan hurmat, mehr va e’tibor madaniyatini keng targ‘ib qilish orqali taraqqiyotga xizmat qilamiz.

🔗 Ayollarni qadrlash – bu ularning imkoniyatlarini tan olishdir. E’zozlash – bu ularga munosib hayot tarzini yaratishdir.