🚴”Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” tamoyili asosida xotin-qizlar o‘rtasida velomarafon tashkil etildi
11.07.2025 2025-07-11 15:12🚴”Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” tamoyili asosida xotin-qizlar o‘rtasida velomarafon tashkil etildi
🚴”Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” tamoyili asosida xotin-qizlar o‘rtasida velomarafon tashkil etildi
🚴♀️ 2025-yil 5-mart kuni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar salomatligini mustahkamlash, ularning jamiyatdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish va gender tengligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida velomarafon tashkil etildi.

📍 Velomarafon yo‘nalishi Buxoro xalqaro aeroportidan Bahouddin Naqshband yo‘li kesishmasigacha bo‘lib, sport orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratildi.

📎Ushbu sog‘lomlashtiruvchi tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining ayol xodimalari, tyutorlari hamda talaba-qizlari faol ishtirok etib, o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishi va ijtimoiy faolligini namoyon etdilar.

🎯Tadbir xotin-qizlar salomatligi, ularning jamiyatdagi o‘rni va imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ijobiy o‘zgarishlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
