BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

“Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Dolzarb 90 kunlik doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir1

“Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbirda kasalxonada davolanayotgan bolalar markaz kutubxonasida yig‘ilib, faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida bolalar tomonidan davlat bayrog‘i rasmlari chizildi, Vatan, tinchlik va istiqlol mavzusidagi she’rlar ijro etildi hamda ularga turli badiiy va ertak kitoblar tuhfa qilindi.

📚 Bunday tadbirlar bolalarning kayfiyatini ko‘tarish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va ijobiy ruhiy muhit yaratishga qaratilgan.

Tadbir Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti pediatriya yo‘nalishi murabbiylari hamda 431–438-guruh talabalari tomonidan samarali tarzda tashkil etildi.