BuxDTI matbuot xizmati

GD Goenka universiteti prorektori Prof. Ugur Guven Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi

GD Goenka universiteti prorektori Prof. Ugur Guven5

GD Goenka universiteti prorektori Prof. Ugur Guven Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi

2025-yil 15-iyul kuni Hindistonning GD Goenka universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, taniqli olim va mutaxassis Prof. Ugur Guven Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida institut rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilib, ikki tomonlama ilmiy-akademik hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, tibbiy ta’limda zamonaviy o‘quv texnologiyalarini joriy etish, Farmatsiya bo’yicha qo‘shma ta’lim dasturini davom ettirish va rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek, xalqaro ilmiy loyihalarda hamkorlik qilish istiqbollari haqida fikr almashildi.

Prof. Ugur Guven institutning ilmiy salohiyati, xalqaro aloqalari va innovatsion tashabbuslarini yuqori baholadi. Tashrif davomida institut klinik bazalari, ilmiy laboratoriyalari va zamonaviy o‘quv xonalari bilan ham tanishildi.

Uchrashuv yakunida mavjud memorandum yangilandi va amaliy hamkorlikni bosqichma-bosqich rivojlantirishga kelishib olindi.

Mazkur tashrif Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzini oshirish, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.