🌿JARAYON🌿
21.07.2025 2025-07-22 10:37🌿JARAYON🌿
👩🎓»Bir talabaga bir loyiha» 👨🏫o‘quv akseleratsiyasi «Dolzarb 90 kun» loyiha doirasida «Yosh farmatsevtlar va yosh farmakologlar» to‘garak faoliyatini boshladi.
🧬🧫Har bir talaba o‘z sohasida innovatsion g‘oyalar tanlab, o‘z ustida ishlashi va ushbu g‘oyani startap loyiha holatiga olib chiqish uchun hozirgi kunda dolzarb muammolar yechimi bo‘lgan mavzular tanlab olindi.
🎓Farmakologiya kafedrasi oʻqituvchilari va talabalar ishtirokida. Dastlab dorivor o‘simlik tarkibi aniqlandi. Ayni damda dorivor o‘simliklarni yig‘ib olinib, qadoqlash jarayoni bormoqda. Navbatdagi tekshiruvlarimiz klinikagacha tekshiruvlar (eksperimental, tajribada) davom ettiriladi.
📚To‘garak xalq tabobati yo‘nalishi, Ibn Sino ta’limoti asosida tayyorlanadigan dori vositalarni keng targ‘ib qilish, sintetik dori vositalari o‘rniga tabiiy, xavfsiz dorivor o‘simliklardan tayyorlangan preparatlarni rivojlantirishga qaratilgan.