E'lonlar

Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganligini e’lon qilamiz!

Klinik ordinatura222

Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganligini e’lon qilamiz!

Buxoro davlat tibbiyot institutining klinik ordinaturasiga 2025–2026 oʻquv yili uchun qabul Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rejasi hamda 214-sonli buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.

Klinik ordinatura (rezidentura) va internaturaga oʻqishga kirish uchun talabgorlar tomonidan topshiriladigan hujjatlar Sogʻliqni saqlash vazirligining medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Soʻrovnomalar medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin. Bunda soʻrovnomalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlariga toʻgʻri kelsa, ular navbatdagi ish kuni qabul komissiyasiga tushgan va shu kuni rasmiylashtirilgan deb hisoblanadi.

Quyidagi hujjatlarni topshirish talab etiladi:

oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (yoki diplomdan ko‘chirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblangan holda boshqa davlatlardagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalarini tugatgan shifokorlar uchun oliy tibbiy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilinganligi (hukumatlar o‘rtasidagi bitimlar asosida tan olingan davlatlar bundan mustasno) toʻgʻrisidagi hujjat;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻqishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat (masalan, olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlaganligi toʻgʻrisida hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma).

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: 📞 +998905145818 – Badridinova Barnoxon Kamoliddinovna

📞 +998903403832 – Xudoyorova Dilnoza Rizayevna

Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab, joriy yilning 21-avgustiga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Qabul bir bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich – mutaxassislikka mos fanlar boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi.