Janubiy Koreyalik mutaxassis Buxoroda BEPUL davolash seanslarini o‘tkazadi!
23.07.2025 2025-07-23 11:12Janubiy Koreyalik mutaxassis Buxoroda BEPUL davolash seanslarini o‘tkazadi!
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni quvonchli va ezgu xabar bilan xabardor etamiz!
🗓 2025-yil 29–30–31-iyul kunlari
📍 Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida
Sharq tabobati bo‘yicha Janubiy Koreyaning yetakchi mutaxassislaridan biri, tajribali shifokor doktor Kang Yong Son tomonidan XAYRIYA TARTIBIDAGI DAVOLASH SEANSLARI o‘tkaziladi.


🧠 Muolaja qaysi kasalliklarga taalluqli?
Doktor Kang Yong Son tomonidan quyidagi turdagi surunkali kasalliklarga qarshi sharqona usullarda davolash mashg‘ulotlari o‘tkaziladi:
🔹 Yuqori qon bosimi
🔹 Yurak-qon tomir kasalliklari
🔹 Bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi
🔹 Bo‘g‘im og‘riqlari
🔹 Turli nevrologik kasalliklar
🔹 Vegetativ va mushak tizimi muammolari
💆♂️ Qo‘llaniladigan usullar:
🔸 Ignali refleksoterapiya
🔸 Manual terapiya
🔸 Xijoma
🔸 Boshqa sharq tabobati usullari
👨⚕️ Agar siz yoki yaqinlaringiz yuqoridagi muammolardan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, ushbu bebaho imkoniyatdan foydalaning!
📍 Manzil: Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi
🗺 Mo‘ljal: Karvon bozori qarshisida
📞 Telefon: +998 91 245 00 25 (Ixtiyor Umarovich)