🎓 Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi!
26.07.2025 2025-07-26 12:08🎓 Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi!
📅 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 15 kun davomida o‘zlari istagan oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
📲 Tanlovni qanday amalga oshirish mumkin?
- my.uzbmb.uz platformasiga kiriladi.
- “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limidan “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi.
- So‘ngra “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
🧭 Tanlash tartibi:
- Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va agar mavjud bo‘lsa, “Maqsadli qabul” parametrlarini belgilaydi.
- Keyin test topshirilgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishi va OTM tanlanadi (ta’lim shakli bilan birgalikda).
- Yo‘nalishlar bir yoki bir nechta OTM doirasida tanlanishi mumkin.
🔐 Tasdiqlash:
- “Saqlash” tugmasi bosilgach, telefon raqamga SMS-kod yuboriladi.
- Kodni kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
- Shundan so‘ng “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi va uni yuklab olish mumkin bo‘ladi.
📝 Muhim! Tanlov muddati tugamaguncha, abituriyent o‘z tanlovlarini o‘zgartirishi va qayd varaqasini qayta yuklab olishi mumkin.
📢 Natijalar: Tanlov muddati tugaganidan so‘ng bir hafta ichida, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganligi e’lon qilinadi.