Kvota 2025
28.07.2025 2025-07-30 15:26Kvota 2025
📌 Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi
2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.
JAMI: 20 210 ta.
Davlat granti: 9 922 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 725 ta, rus tili – 1 197 ta,
Kontrakt: 10 288 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 538 ta, rus tili – 1 750 ta.
Magistratura_kvota_kunduzgi_2025.pdf
⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati
Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.
Magistratura kvotasi bu yerda:
👉 KUNDUZGI
👉 KECHKI
👉 MASOFAVIY
🔀 respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar oliygohlari yoki filiallari hamda nodavlat oliygoh bitiruvchilari mos (muvofiq) va unga turdosh taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tanlovda qatnashadi;
⏺️ turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.
✅ Quyidagi holatlarda Oliy taʼlim vazirligi tomonidan istisno kiritilishi
mumkin:
➖xorijiy hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining diplomidagi yoʻnalish (mutaxassislik)lar
mosligi;
➖ oliygohni amaldagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bitirib, ushbu yoʻnalishlar
negizida respublika oliygohlarida magistratura mutaxassisliklari mavjud boʻlmasa yoki
magistratura mutaxassisliklari kvotasi boʻlib, ularga muvofiq respublika OTM lari bakalavriati bitiruvchilari boʻlmasa;
➖ tegishli oliy taʼlim tashkilotining murojaatiga koʻra, harbiy yoki diniy oliy taʼlim tashkiloti
bitiruvchilarining yoʻnalishlari mos (muvofiq) boʻlgan holatda.
✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Magistratura ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti
4-yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari
🔘 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
🔴 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
🔘 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
🟣 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 784 ta.
📌 Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti
2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
Jami: 148 ming 400 ta
📌Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti
2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:
🔘2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
🟣 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
🔘 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
🟡 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta.
📌 Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti
2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).
📌 Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti
Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
❗️Bir narsani yodda tuting: ushbu qo‘shimcha kvotalar faqat to‘lov-kontrakt asosida ajratilgan. Mazkur tavsiyanoma grantga kirish huquqini bermaydi.
Ushbu tavsiyanoma barcha taʼlim shakllari uchun taalluqli. Kunduzgi, kechki va masofaviyni tanlash mumkin.
‼️Ushbu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlar uchun kvota berilmaydi.
❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?
Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?
Masalan, O‘zMUda 5 yil staji bor xotin-qizlar uchun 14 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 30 nafar tavsiyanomali xotin-qiz O‘zMUni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir matematika, kimdir tarix, kimdir biologiya va h.k.
Eng avval o‘sha 30 nafar abituriyent o‘zi to‘plagan ball bo‘yicha umumiy tanlovda qatnashadi. Agar o‘zining bali tanlagan beshta yo‘nalishidan qaysidir biriga kirishga yetsa, unda bor baraka, o‘sha yerda o‘qiyveradi, ularga tavsiyanoma qo‘llanmaydi.
Masalan, 30 kishidan 15 nafari o‘z kuchi bilan o‘qishga kirib ketdi, deylik. Yiqilgan 15 nafar xotin-qizlar orasida esa, tanlagan yo‘nalishidan qatʼi nazar, alohida yana tanlov bo‘ladi. Bunda to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 14 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi.
Boshqacha aytganda bu tavsiyanoma o‘qishdan yiqilganlar uchun amal qiladi va ularga yana bir marta imkon beradi.
❓Bu tavsiyanoma imtiyoz ball qo‘shib beradimi?
Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.
⚡️Mehribonlik uyi va bolalar shaharchalarining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota
Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari bo‘lgan, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolg‘iz ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, topib olingan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalar hamda nikohda bo‘lmagan onaning vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
▪️ Jami: 1 953 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:
➖ kunduzgi – 1 484 ta;
➖ kechki – 287 ta;
➖ masofaviy – 182 ta.
⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2 %li qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
✅ Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 907 ta qo‘shimcha davlat granti kvotasi ajratildi.
▪️Ta’lim shakllari kesimida:
➡️ kunduzgi ta’lim shakli uchun – 2 968 ta;
➡️ kechki ta’lim shakli uchun – 575 ta;
➡️ masofaviy ta’lim shakli uchun – 364 ta.