“talabagrant.bsmi.uz” platformasida ariza topshirish muddati uzaytirildi
29.07.2025 2025-07-29 15:18“talabagrant.bsmi.uz” platformasida ariza topshirish muddati uzaytirildi
Hurmatli 2024/2025-o‘quv yili 1-bosqich talabalari!
Davlat grantida tahsil olish uchun ariza topshirish jarayoni uchun belgilangan muddat — 2025-yil 17-iyuldan 25-iyulgacha bo‘lgan.
📌 Talabalar tomonidan bildirilgan murojaatlar, shuningdek ariza topshirmaganlar soni inobatga olinib, barcha talabalar uchun teng imkoniyat yaratish maqsadida:
🟢 talabagrant.bsmi.uz platformasi 2025-yil 29-iyul, soat 14:00 dan 30-iyul, soat 23:00 gacha qayta ishga tushiriladi.
❗️Ushbu imkoniyat faqatgina 1-bosqich magistratura va bakalavriat talabalari uchun amal qiladi.
‼️ Diqqat: Belgilangan muddatdan keyin arizalar qabul qilinmaydi. Ariza topshirish uchun imkoniyatni boy bermang!
🚫 Eslatma: Imtiyozli davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar ushbu jarayonda ishtirok etmaydilar, ya’ni ariza topshirishlari talab etilmaydi.
👉 Ariza topshirish havolasi: https://talabagrant.bsmi.uz
Hurmat bilan,
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti