E'lonlar

📢 E’LON: Grant arizasini topshirish muddati uzaytirildi!

Image Jul 18, 2025, 09_46_44 AM

📢 E’LON: Grant arizasini topshirish muddati uzaytirildi!

❗️Grant taqsimoti uchun ariza berish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi!

📌 Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-o‘quv yilida Buxoro davlat tibbiyot institutiga o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha ariza topshirish muddati 2025-yil 10-avgustgacha uzaytirildi.

🗓 Grant uchun ariza topshira olmagan talabalar ushbu muddatgacha hujjatlarini taqdim etish imkoniyatiga ega.

🎯 Ariza berishda talabalar quyidagi grantlardan birini tanlashi lozim:

1️⃣ To‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan grant — GPA 3.5 dan yuqori bo‘lgan talabalar uchun

2️⃣ Qo‘shimcha davlat granti — faqat “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da “qizil” yoki “sariq” toifadagi oilalar a’zosi bo‘lgan, GPA 4 va undan yuqori bo‘lgan talabalar uchun

3️⃣ OTM granti — GPA 3.3 dan 4 gacha bo‘lgan talabalar uchun

📌 Eslatma: Quyidagi talabalar grant uchun ariza topshira olmaydi:

Maqsadli yoki imtiyozli grant asosida o‘qishga qabul qilinganlar

🖥 Arizalarni talabagrant.bsmi.uz platformasi orqali topshirish lozim.

🕔 Muddat: 10-avgust, 2025-yil (shu kuni ham ariza topshirish mumkin)

📎 Qo‘shimcha ma’lumot uchun Registrator ofisi boshqarmasiga murojaat qiling.