BuxDTI matbuot xizmati

Aholi salomatligi e’tibor markazida: G‘ijduvonda sayyor qabul va tibbiy ko‘rik tashkil etildi

2025-08-11 10.26.22

Aholi salomatligi e’tibor markazida: G‘ijduvonda sayyor qabul va tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida aholining tibbiy madaniyatini oshirish, profilaktika va maqsadli davolash ishlarini joylarda tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda bugun institut rektori, professor Shuhrat Teshaev boshchiligidagi tibbiyot sohasi mutaxassislari G‘ijduvon tumanida bo‘lib, aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu tadbirda nafaqat sog‘liqni saqlash, balki jamiyatda tibbiy madaniyatni shakllantirishga doir muhim masalalar yuzasidan joyidagi muammolar eshitildi va tegishli echimlar ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

📍 Sayyor qabul jarayonida o‘z salomatligi yuzasidan murojaat qilgan fuqarolar uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi BuxDTI klinikasida imtiyozli davolanish imkoniyati yaratildi. Bu orqali institut nafaqat ta’lim, balki amaliy tibbiyot sohasida ham xalq xizmatida ekanini amalda namoyon etdi.

👨‍⚕️ Shuningdek, G‘ijduvon tumanidagi musiqiy maktab binosida ham keng qamrovli tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Ularda institutning 40 nafardan ortiq malakali mutaxassislari, professor va shifokorlar faol ishtirok etdi. Kardiolog, terapevt, ginekolog, endokrinolog, nevropatolog va boshqa yo‘nalishlardagi mutaxassislar tomonidan yuzlab fuqarolarning holati o‘rganilib, zarur tashxis va tavsiyalar berildi.

🔍 Bunday tashabbuslar jamiyatda profilaktikaga e’tiborni kuchaytirish, erta tashxis va maqsadli davolashni yo‘lga qo‘yish, aholida tibbiy xabardorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.

➡️ Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyatining bu kabi joylardagi tashrif va uchrashuvlari “Dolzarb 90 kun” doirasida davom etadi