G‘ijduvonda sayyor qabul va keng qamrovli tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
17.06.2025 2025-08-11 10:37G‘ijduvonda sayyor qabul va keng qamrovli tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
“Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida G‘ijduvon tumanida sayyor qabul va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
🔹 2025-yil 17-iyun kuni institut rektori, prof. Sh.Teshaev boshchiligidagi mutaxassislar aholi muammolarini tinglab, ularni hal etish choralarini belgilashdi.
🔹 Murojaat qilgan fuqarolarga institut klinikasida imtiyozli davolanish imkoniyati yaratildi.
🔹 Tuman musiqa maktabida o‘tkazilgan keng qamrovli tibbiy ko‘rikda 40 nafardan ortiq mutaxassislar – terapevt, kardiolog, ginekolog, endokrinolog va boshqalar yuzlab fuqarolarni qabul qilishdi.
✅ Har bir bemorga individual yondashilib, zarur tashxis va davolash tavsiyalari berildi.
🩺 Tadbir aholi orasida profilaktika, erta tashxis va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.