BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutiga Xotin-qizlar masalalari bo’yicha  ishchi guruh tashrif buyurdi

2025-08-18 13.55.47

Buxoro davlat tibbiyot institutiga Xotin-qizlar masalalari bo’yicha  ishchi guruh tashrif buyurdi

🏛Bugun, Oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashi raislari faoliyati, ularga yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish maqsadida ishchi guruh raisi G.I.Xudoyberdiyeva va Respublika xotin-qizlar maslahat kengashi raisi o’rinbosari B.Tursunova Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurishdi.

⚡️Ishchi guruh a’zolari institut rahbari Sh. Teshayev qabulida bo’ldi va institut talaba qizlariga yaratilgan shart-sharoitlar  haqida atroflicha suhbatlashildi.

Tashrif davomida talaba-qizlarning umumiy ro’yxati bazasining shakllantirilganligi, Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar ro’yxati mavjudligi, “Qizlarjon”, “Lider qizlar” klublari faoliyati  yaqindan o’rganildi.