BuxDTI matbuot xizmati

“Qizlarjon” klubi respublika forumi boʻlib oʻtdi

2025-08-18 13.58.54

“Qizlarjon” klubi respublika forumi boʻlib oʻtdi

10-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida “Qizlarjon” klubi Respublika forumi oʻtkazildi. Tadbirda yurtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarining “Qizlarjon” klubi raislari hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov qutlab, mamlakatimizda qizlarga munosib shart sharoitlar yaratib berish borasida  keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

Tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti “Qizlarjon” klubi raisi, Talaba qizlar koordinatori Nargiza Raxmatulloyeva hamda Xotin-qizlar psixologi Dilfuza Qahhorova ishtirok etdi.